
Kafedra olimlari ommaviy axborot vositalarida ekspert sifatida
Kafedra olimlari ommaviy axborot vositalarida ekspert sifatida

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti Tizimli tahlil va matematik modellashtirish kafedrasi olimlari 2026-yil bahor va yoz oylarida televideniye, radio va matbuotda ekspert sifatida chiqishlar qildi.
7-aprel kuni kafedra professori Aybek Seytov “Sevimli” telekanalining yoshlarni xorijiy tillarga o‘rgatish sohasidagi islohotlarga bag‘ishlangan “Yangi hayot” dasturida ekspert sifatida ishtirok etdi. Shu kuni “Yoshlar” telekanalining “Rostini ayting” tok-shousida yoshlarni xorijiy tillar va zamonaviy kasblarni o‘rganishga rag‘batlantirish mavzusida katta o‘qituvchi Shodmon Turdiyev va Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar yo‘nalishi 1-kurs talabasi Behruzbek Erkinov fikr bildirdi.
3-iyun kuni kafedra mudiri Gulnora Raimova O‘zbekiston Fanlar akademiyasi V.I. Romanovskiy nomidagi Matematika institutida sun’iy intellektni rivojlantirishga oid ma’ruza qildi va matematik modellar hamda sun’iy intellekt istiqbollari bo‘yicha muhokamalarda ishtirok etdi. 12-iyun kuni u Xalqaro press-klub tomonidan tayyorlangan, yangi avlod ilmiy kadrlarini tayyorlash va attestatsiya qilish tizimini takomillashtirishga bag‘ishlangan podkastda ilmiy daraja berishdagi yangiliklar va ilmiy ishlarni nashr etish standartlari haqida so‘zlab berdi.
5-iyun kuni katta o‘qituvchi Mamatqobil Esonturdiyevning “Harbiy sohada raqamli transformatsiya” nomli maqolasi “Gvardiya” gazetasining 22-sonida chop etildi.




