
BRM 4 va BRM 16: talabalar turar joyida kiberxavfsizlik bo‘yicha seminar o‘tkazildi
BRM 4 va BRM 16: talabalar turar joyida kiberxavfsizlik bo‘yicha seminar o‘tkazildi

2026-yil 1-iyun kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti talabalar turar joyida Tizimli tahlil va matematik modellashtirish kafedrasi o‘qituvchilari tomonidan “Kiberxavfsizlik va kibertahdidlar” mavzusida ilmiy-amaliy seminar o‘tkazildi.
Seminarda talabalarga internetdagi asosiy xavflar va ulardan himoyalanish yo‘llari haqida tushuntirish berildi, mavzu hayotiy misollar asosida yoritildi. Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldi.
Tadbir talabalarning raqamli savodxonligini oshirish va xavfsiz onlayn muhitni shakllantirishga xizmat qildi.




