JSTga a’zo bo‘lish yo‘lida: GATS doirasidagi xizmatlar savdosi bo‘yicha asosiy qoidalar mavzusida qisqa muddatli o‘quv dasturi

        2024-yil 27-28-yanvar kunlari Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida (JIDU) “JSTga a’zo bo‘lish yo‘lida: GATS doirasidagi xizmatlar savdosi bo‘yicha asosiy qoidalar” mavzusida maxsus qisqa muddatli o‘quv dasturi tashkil etildi. Ushbu tadbir Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilgan va Jenevadagi Xalqaro savdo markazi (ITC) tomonidan amalga oshirilayotgan “O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lish jarayonini qo‘llab-quvvatlash” loyihasi doirasida o‘tkazildi.

       Dastur O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lish jarayonida ishtirok etayotgan davlat organlarining institutsional va huquqiy salohiyatini mustahkamlashga qaratilgan. Treningni xalqaro savdo bo‘yicha ekspert Hamid Mamduh olib bordi u King and Spalding (Jeneva) yuridik firmasining katta yuriskonsulti, Londondagi Queen Mary universitetining taklif etilgan professori hamda JST kotibiyatining Xizmatlar savdosi va investitsiyalar bo‘yicha sobiq direktori hisoblanadi.

        Treningda Oliy Majlis, Adliya vazirligi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Bandlik va qashshoqlikni qisqartirish vazirligi, Markaziy bank, Davlat bojxona qo‘mitasi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Texnik tartibga solish agentligi va boshqa tegishli idoralar vakillari ishtirok etdi. Shuningdek, JIDU professor-o‘qituvchilari va talabalari ham qatnashdi.

        O‘quv dasturi ekspert ma’ruzalari, interaktiv muhokamalar va xalqaro huquqiy misollarni tahlil qilishni o‘z ichiga oldi. Ishtirokchilar GATSning huquqiy va institutsional talablari hamda O‘zbekiston savdo siyosatini JST standartlariga moslashtirish strategiyalari bo‘yicha amaliy bilimlarga ega bo‘ldilar.

        Trening yakunida O‘zbekistonning savdo siyosatini takomillashtirish va JST talablari asosida moslashtirish bo‘yicha aniq tavsiyalar ishlab chiqildi. Ushbu materiallar ishtirokchilarga qonunchilik va boshqaruv amaliyotida foydalanish uchun taqdim etildi.