JIDU vakillari O‘zbekiston Respublikasining “To‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risida”gi Qonuniga sharh mavzusidagi panel muhokamasida ishtirok etdilar

    2026-yil 27-oktabr kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti (JIDU) vakillari Osiyo taraqqiyot bankining (OTB) Huquq va siyosatni isloh qilish dasturi doirasida tashkil etilgan “O‘zbekiston Respublikasining «To‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risida»gi Qonuniga sharh” mavzusidagi panel muhokamasida ishtirok etdilar.

    JIDU Fuqarolik huquqi va xalqaro xususiy huquq fanlari kafedrasi mudiri Sherzodbek Masadikov tadbir tashkilotchilaridan biri sifatida ishtirok etdi. Shuningdek, kafedraning professor-o‘qituvchilari Dilfuza Imamova, Qobiljon Nosirov va Solixa Abduraximova panel muhokamasida faol qatnashdilar.

    Muhokama davomida O‘zbekistonda to‘lovga qobiliyatsizlikni tartibga soluvchi huquqiy asoslar hamda milliy qonunchilikning tegishli normalarini sharhlash masalalariga e’tibor qaratildi. Tadbir ishtirokchilarga o‘zaro professional fikr almashish, to‘lovga qobiliyatsizlikni huquqiy tartibga solish yondashuvlarini muhokama qilish, shuningdek, qonunchilikni tushunish va amaliyotda qo‘llashda huquqiy sharhlarning ahamiyatini ko‘rib chiqish imkonini berdi.

    Mazkur tadbir Birlashgan Millatlar Tashkilotining Barqaror rivojlanish maqsadlaridan 16-maqsad — “Tinchlik, adolat va samarali institutlar” bilan hamohangdir. Ushbu maqsad samarali huquqiy asoslarni shakllantirish, odil sudlovdan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish hamda mustahkam va hisobdor institutlarni rivojlantirish muhimligini ta’kidlaydi.