Bibliopsixologiya: klassika, tafakkur va inson ruhiyati

Bibliopsixologiya: klassika, tafakkur va inson ruhiyati

    Bibliopsixologiya: klassika, tafakkur va inson ruhiyati

    Bibliopsixologiya: klassika, tafakkur va inson ruhiyati

    Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida talaba-yoshlarning kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, milliy adabiy merosga qiziqishini oshirish hamda psixologik kompetensiyalarini rivojlantirish maqsadida “Bibliopsixologiya: klassika, tafakkur va inson ruhiyati” mavzusida intellektual-psixologik va ijodiy ko‘rik-tanlov tashkil etildi.

    Tadbir universitet psixologi N. Norova hamda kurs koordinatorlari hamkorligida o‘tkazilib, adabiyot va psixologiya uyg‘unligi orqali talabalarning mustaqil fikrlashi, tahliliy tafakkuri, ijodiy salohiyati va shaxsiy rivojlanishini qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirildi.

    Ko‘rik-tanlov davomida ishtirokchilar badiiy asarlarning mazmun-mohiyati, adabiy qahramonlarning xarakter xususiyatlari, ruhiy kechinmalari va xulq-atvor motivlarini psixologik nuqtayi nazardan tahlil qildilar. Shuningdek, klassik adabiyotga oid bilimlarini namoyish etish, badiiy obrazlarni sahnaviy talqin qilish, tanqidiy fikrlash hamda adabiy xulosalarni hayotiy vaziyatlar bilan bog‘lashga qaratilgan ijodiy shartlarda faol ishtirok etdilar.

    Tadbirning psixologik yo‘nalishi doirasida empatiya, hissiy intellekt, samarali muloqot, tanqidiy fikrlash va jamoaviy hamkorlik ko‘nikmalarini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratildi. Badiiy adabiyotning inson ruhiyatini anglash, shaxsiy dunyoqarashni kengaytirish va ijtimoiy munosabatlarda ongli yondashuvni shakllantirishdagi ahamiyati yoritildi.

    Ko‘rik-tanlov yakunida faol ishtirok etgan talabalar sertifikatlar va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

    Mazkur seminar-trening talabalarning kitobxonlik madaniyati va psixologik savodxonligini mustahkamlash, intellektual salohiyati, ijodiy tafakkuri hamda shaxsiy kompetensiyalarini rivojlantirishga xizmat qiluvchi ta’limiy-tarbiyaviy va psixologik faoliyatning muhim yo‘nalishlaridan biridir.