
Dekanning talabalar bilan ochiq muloqoti: o‘zlashtirish va kelgusidagi bandlik masalalari
Dekanning talabalar bilan ochiq muloqoti: o‘zlashtirish va kelgusidagi bandlik masalalari

Joriy yilning 3-aprel kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti Xalqaro iqtisodiyot va menejment fakulteti dekani E.Abdullayev tomonidan 3-kurs talabalari bilan uchrashuv tashkil etildi.
Mazkur uchrashuvdan ko‘zlangan asosiy maqsad — talabalar bilan ochiq muloqot o‘tkazish, ularning o‘quv jarayoni, amaliyot faoliyati hamda kelgusidagi rejalari bilan yaqindan tanishishdan iborat bo‘ldi.
Uchrashuv davomida fakultet dekani tomonidan ta’lim sifatini yanada oshirish, davomatni mustahkamlash, ichki tartib-qoidalarga rioya qilish, shuningdek, talabalarining kasbiy va amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Ayniqsa, bitiruv oldi jarayonlari, malakaviy amaliyotni samarali tashkil etish va kelgusida ishga joylashish imkoniyatlari yuzasidan muhim tavsiyalar berib o‘tildi.
| Sana: | 05.04.2026 |
| Ko'rganlar soni: | 47 |
| Kategoriya: | Xalqaro iqtisodiyot va menejment |
| Ulashish: |




