Tyutorlik faoliyatini tashkil etish to‘g‘risidagi № 656-sonli Nizom talablarini o‘rganish yuzasidan seminar-trening tashkil etildi

    Joriy yilning 7-noyabr kuni talabalarni vatanparvarlik va milliy qadriyatlarimizga sadoqat ruhida tarbiyalash, ularning shaxsiy-kasbiy rivojlanishiga yaqindan yordam berish, talabalar bilan individual ishlash mexanizmlarini yanada takomillashtirish maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining  2025-yil 17-oktabridagi OTM larda Tyutorlik faoliyatini tashkil etish to‘g‘risidagi № 656-sonli Nizom talablarini o‘rganish yuzasidan seminar-trening tashkil etildi.

    Seminar-treningda professor-o‘qituvchilar hamda tyutorlar faol ishtirok etdilar. Tadbirda tyutorlik faoliyatining mazmun-mohiyati, ularning shaxsiy va kasbiy rivojlanishidagi o‘rni, shuningdek, vazifa va majburiyatlari bo‘yicha atroflicha ma’lumot berildi.

    Shuningdek, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida 2025/2026-yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati muhokama qilindi.

    Yig‘ilishda Birinchi prorektor O.Yusupdjanov rahbarligida kurs koordinatorlarining ijara sharoitlarini muntazam o‘rganish, talabalarning yashash va ta’lim olish uchun qulay sharoitlarini ta’minlash masalalari ko‘rib chiqildi.  Kuz-qish mavsumida talabalar uchun ijara uylarida xavfsizlik, isitish tizimlari, sanitariya-gigiyena talablariga rioya qilish, elektr energiyasi va issiq suv ta’minotida uzilishlarga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirish vazifasi qo‘yildi.

    Yig‘ilishda mas’ullar va kurs koordinatorlariga talabalarning ijara manzillarini doimiy monitoring qilib borish, aniqlangan muammolarni o‘z vaqtida tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish tavsiya etildi.

    Shu bilan birga, O.Yusupdjanov tomonidan har bir fakultetda maxsus mas’ul shaxs belgilab, ijarada yashayotgan talabalar ro‘yxatini yangilab borish, ularning ehtiyojlarini inobatga olgan holda ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash choralarini ko‘rish yuzasidan ko‘rsatmalar berildi.