JIDUda xalqaro ta’lim imkoniyatlari va kasbiy rivojlanish masalalariga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

    2026-yil 2-noyabr kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida  “Alumni Talk: From UWED to Ajou University” mavzusida bitiruvchilar bilan uchrashuv tashkil etildi.

    Tadbirda JIDU hamda Janubiy Koreyaning Ajou universiteti (Ajou University) bitiruvchisi, Das Team media va konsalting agentligi asoschisi, “160-manzil” loyihasi muallifi Olimjon Obidov ishtirok etdi.

    Uchrashuv davomida talabalar Janubiy Koreyada ta’lim olish imkoniyatlari, Ajou universitetiga kirish tartibi, xalqaro ta’lim dasturlariga tayyorgarlik ko‘rish hamda xorijda tahsil olish jarayonining o‘ziga xos jihatlari haqida ma’lumot oldilar.

    Shuningdek, tadbir doirasida talabalik davrida ko‘p uchraydigan xatolarni cheklab o‘tish, shaxsiy salohiyatni rivojlantirish va kelgusi kasbiy faoliyatni samarali rejalashtirish masalalari muhokama qilindi. Olimjon Obidov o‘zining ta’lim va kasbiy faoliyati davomida orttirgan tajribasi bilan o‘rtoqlashib, talabalarga amaliy tavsiyalar berdi.

    Mazkur uchrashuv universitetda ta’lim sifati va mazmunini takomillashtirish, talabalarning xalqaro ta’lim imkoniyatlari to‘g‘risidagi xabardorligini oshirish, shuningdek, bitiruvchilarning amaliy tajribasini yosh avlodga yetkazishga qaratilgan tashabbuslarning ahamiyatini namoyon etdi.

    Bunday muloqotlar talabalarning mustaqil fikrlashi, zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni egallashi, xalqaro tajribani o‘rganishi hamda mehnat bozori talablariga mos, raqobatbardosh mutaxassislar sifatida shakllanishiga xizmat qiladi.