
JIDUda intellektual mulk va sun’iy intellekt bo‘yicha xalqaro ekspert tomonidan mahorat darsi bo‘lib o‘tdi
JIDUda intellektual mulk va sun’iy intellekt bo‘yicha xalqaro ekspert tomonidan mahorat darsi bo‘lib o‘tdi

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida intellektual mulk va sun’iy intellekt huquqi bo‘yicha xalqaro mutaxassis Abu Bakar Mokarim ishtirokida “Sun’iy intellekt davrida intellektual mulkning kelajagi” mavzusida eksklyuziv mahorat darsi tashkil etildi.
Fuqarolik huquqi va Xalqaro xususiy huquq kafedrasi o’qituvchisi Solikha Abdurakhimova tomonidan olib borilayotgan fan doirasida o‘tkazilgan mazkur mashg‘ulotda sun’iy intellektning mualliflik huquqi, patentlar va innovatsiyalar sohasiga global miqyosda ta’siri muhokama qilindi.
Dehli Oliy sudi va Hindiston Oliy sudida faoliyat yurituvchi, shuningdek WIPO tomonidan e’tirof etilgan akademik yutuqlarga ega bo‘lgan A. B. Mokarim talabalar uchun raqamli davrda huquqning kelajagiga oid xalqaro qarashlarni taqdim etdi. Mazkur mahorat darsi talabalarga sun’iy intellekt davrida intellektual mulkni himoya qilishga oid dolzarb huquqiy muammolar va xalqaro yondashuvlar bo‘yicha muhim bilim va tushunchalar berdi.



