Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 35-sonli maktabda “Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasida yuqori saviyadagi ma’naviy-ma’rifiy hamda ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi

    Joriy yilning 30-oktabr kuni Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 35-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida “Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasida yuqori saviyadagi ma’naviy-ma’rifiy hamda ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

    Mazkur tadbir Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi hamda 35-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi hamkorligida tashkil etilib, o‘sib kelayotgan yosh avlodning kitobxonlik madaniyatini oshirish, fan va adabiyotga bo‘lgan qiziqishini rag‘batlantirish hamda ularni kasbga to‘g‘ri yo‘naltirish maqsadiga qaratildi.

    Tadbirni kirish so‘zi bilan Mirzo Ulug‘bek tumani 35-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktori Muqaddas Sharipova ochib berdi. U o‘z nutqida yoshlar ma’naviyatini yuksaltirishda kitob va ta’limning o‘rni beqiyos ekanligini ta’kidlab, oliy ta’lim muassasasi vakillari va ijodkorlar bilan hamkorlikda o‘tkazilayotgan bunday uchrashuvlar o‘quvchilar kelajagi uchun muhim poydevor bo‘lishini e’tirof etdi.

    Uchrashuvda taklif etilgan mehmonlar, xususan, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoir, jurnalist va tarjimon - Shodi Otamurod maktab o‘quvchilarga adabiyotning inson ruhiyati va dunyoqarashini shakllantirishdagi ahamiyati, badiiy mutolaaning afzalliklari va ijodiy fikrlash sirlari haqida to‘xtalib o‘tdi. U o‘zining hayotiy va ijodiy tajribalaridan kelib chiqib, yoshlarga doimo izlanishda bo‘lishni va kitob bilan hamnafas yashashni tavsiya etdi.

    JIDU Xalqaro huquq fakulteti dekan muovini - Farrux Tashev o‘z nutqida zamonaviy ta’lim imkoniyatlari, Oliy ta’lim muassasalariga kirish tayyorgarligi hamda xalqaro huquq sohasidagi zamonaviy talablar haqida atroflicha ma’lumot berdi. Shuningdek, JIDU Xalqaro huquq fakulteti kurs koordinatori Abbosjon Nasimjonov o‘quvchilar uchun Universitetdagi ta’lim jarayoni, talabalik hayoti va katta hayotga birinchi qadamlarni qo‘yishda e’tibor berish lozim bo‘lgan muhim omillar haqida qimmatli maslahatlari bilan o‘rtoqlashdi.

    Tadbir davomida maktab o‘quvchilari o‘zlarini qiziqtirgan savollarga soha mutaxassislari va ijodkorlardan batafsil javoblar olishdi. Erkin va samimiy ruhda o‘tgan muloqot yoshlarda kelajak kasbini tanlash va oliy ta’limga puxta tayyorgarlik ko‘rish uchun katta motivatsiya bag‘ishladi.

    Yakunda tashkilotchilar va mehmonlar o‘rtasida kelgusida ham bunday ma’rifiy loyihalar hamkorligini izchil davom ettirishga kelshib olindi.