JIDUda Barqaror rivojlanish maqsadlariga bag‘ishlangan interaktiv mashg‘ulotlar o‘tkazildi

    2026-yil aprel oyida Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti Ingliz tili kafedrasi o‘qituvchisi M.Batirova tomonidan Xalqaro iqtisodiyot va menejment fakultetining 1-kurs talabalari uchun “SDG Awareness” mavzusida dars mashg‘ulotlari o‘tkazildi.

    Mashg‘ulotlar davomida talabalar BMTning Barqaror rivojlanish maqsadlari (BRM), ularning asosiy yo‘nalishlari hamda iqtisodiy, ijtimoiy va ekologik rivojlanish o‘rtasidagi bog‘liqlikni muhokama qildilar. Kambag‘allik va tengsizlikni kamaytirish, sifatli ta’lim, gender tengligi, mas’uliyatli iste’mol va iqlim o‘zgarishi kabi masalalarga alohida e’tibor qaratildi.

    Interaktiv muhokamalar, guruhli topshiriqlar va taqdimotlar orqali talabalar global muammolar yuzasidan o‘z fikrlarini ingliz tilida bayon etdilar. Mashg‘ulotlar ularning BRM bo‘yicha xabardorligini oshirish, tanqidiy fikrlash va kommunikativ ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qildi.