JIDUda tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilishning dolzarb masalalar muhokama qilindi

JIDUda tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilishning dolzarb masalalar muhokama qilindi

    JIDUda tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilishning dolzarb masalalar muhokama qilindi

    JIDUda tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilishning dolzarb masalalar muhokama qilindi

    Joriy yilning 8 may kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining Fuqarolik huquqi va xalqaro xususiy huquq fanlari kafedrasi tomonidan “Tadbirkorlik subyektlari huquqlarini himoya qilishning dolzarb masalalari” mavzusida respublika ilmiy-amaliy anjumani bo‘lib o‘tdi.

    Anjumanda olimlar, amaliyotchi huquqshunoslar, advokatlar, davlat organlari, jumladan, sud organlari vakillari, xususan, Toshkent shahar sudi, Fuqarolik ishlari bo‘yicha va Ma’muriy ishlar bo‘yicha sudyalari, O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi vakillari, Toshkent davlat yuridik universiteti professor-o‘qituvchilari va boshqalar.

    Anjumanda iqtisodiy sudlarida, fuqarolik ishlari bo‘yicha va ma’muriy sudlarda tadbirkorlik subyektlarining huquqlarini himoya qilish, tadbirkorlarning intellektual mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarini himoya qilish, shartnomalarning tadbirkorlar huquqlarini himoya qilishdagi o‘rni, tadbirkorlar va iste’molchilar o‘rtasidagi nizolarni hal etishning huquqiy jihatlari va boshqa muhim masalalar muhokama qilindi.

    Konferensiya zamonaviy O‘zbekiston sharoitida tadbirkorlik rivojiga to‘sqinlik qilayotgan tadbirkorlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bilan bog‘liq masalalar va muammolar yuzasidan olimlar, huquqshunoslar, sudyalar va huquqshunoslar o‘rtasida fikr almashish uchun maydon bo‘lib, mamlakatimizda tadbirkorlik subyektlari huquqlarini himoya qilish tizimini takomillashtirish, sog‘lom tadbirkorlik muhitini yaratish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish imkonini berdi.

    Shu tariqa anjuman nafaqat Jahon iqtisodiyoti universiteti, balki butun respublika ilmiy hayotida muhim voqea bo‘lib, bozor iqtisodiyoti yuqori rivojlangan, mustahkam huquqiy tizimga ega davlat va jamiyat qurish yo‘lidagi navbatdagi qadam bo‘ldi.