
JIDUda yashil iqtisodiyot va barqaror rivojlanishga bag‘ishlangan mashg‘ulot o‘tkazildi
JIDUda yashil iqtisodiyot va barqaror rivojlanishga bag‘ishlangan mashg‘ulot o‘tkazildi

2026-yil 16-mart kuni JIDU Ingliz tili kafedrasi o‘qituvchisi Sh.Usmanova tomonidan Xalqaro iqtisodiyot va menejment fakultetining 1-kurs talabalari uchun “Sustainable Development and Green Economy: Global Challenges and Innovative Solutions” mavzusida mashg‘ulot o‘tkazildi.
Mashg‘ulot davomida talabalar yashil iqtisodiyot, qayta tiklanuvchi energiya manbalari, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va atrof-muhitni muhofaza qilish masalalarini muhokama qildilar. Topshiriqlar va taqdimotlar orqali ekologik muammolarga amaliy yechimlar taklif etdilar.
Mazkur mashg‘ulot BMTning 7-maqsadi – «Arzon va toza energiya», 12-maqsadi – «Mas’uliyatli iste’mol va ishlab chiqarish» hamda 13-maqsadi – «Iqlim o‘zgarishiga qarshi kurash» bilan bog‘liq bo‘lib, talabalarning barqaror rivojlanish bo‘yicha bilimlari, tanqidiy fikrlash va ingliz tilida muloqot qilish ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qildi.




