
JIDUda Gumanitar huquq bo‘yicha mutaxassis Professor Stefan Ziegler ma’ruzasi tashkil etildi
JIDUda Gumanitar huquq bo‘yicha mutaxassis Professor Stefan Ziegler ma’ruzasi tashkil etildi

2025-yil 29-oktabr kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida (JIDU) taniqli gumanitar huquq bo‘yicha mutaxassis, kinorejissyor Professor Stefan Ziegler hamda Shveysariya Elchixonasining O‘zbekistondagi maslahatchisi Aleksandr Scharer mehmon bo‘lishdi.
Professor Ziegler JIDU talabalari uchun “Xalqaro huquqni film orqali o‘rganish” mavzusida ma’ruza o‘qidi. Tadbir davomida u o‘zining mashhur hujjatli filmlaridan parchalarni namoyish etdi.
Ma’ruzada xalqaro huquq normalarini badiiy ifoda vositasi sifatida film orqali yoritish, ularning amaliy qo‘llanilishi, inson huquqlarini himoya qilishdagi murakkabliklar va ommaviy axborot vositalarining bu jarayondagi o‘rni haqida so‘z bordi. Shuningdek, Professor Ziegler film yaratishning to‘rtta asosiy bosqichini alohida ta’kidladi: tadqiqot va dizayn, ishlab chiqarish, tarqatish hamda pedagogik va advokatlik faoliyati.
Ma’ruza davomida ochiq muloqot shaklida muhokama o‘tkazildi. Talabalar xalqaro huquqni targ‘ib qilishda kino va media vositalarining roli, shuningdek, huquqni himoya qilishning zamonaviy uslublari haqida qiziqarli savollar berishdi. Professor Ziegler esa o‘z tajribasi asosida ularga atroflicha javoblar berdi.
Tadbir yakunida savol-javob sessiyasi o‘tkazilib, talabalar gumanitar faoliyat, xalqaro huquq va media o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlik haqida o‘z fikrlarini bildirish va baham ko‘rish imkoniga ega bo‘ldilar.
| Sana: | 30.10.2025 |
| Ko'rganlar soni: | 8 |
| Ulashish: |




