JIDU birinchi prorektori Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti a’zolari bilan uchrashdi

JIDU birinchi prorektori Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti a’zolari bilan uchrashdi

    JIDU birinchi prorektori Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti a’zolari bilan uchrashdi

    JIDU birinchi prorektori Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti a’zolari bilan uchrashdi

    Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori Oydin Mannopova JIDU Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti a’zolari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

    Uchrashuvdan ko‘zlangan asosiy maqsad universitetda yoshlar bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish, talaba-yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirish, ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda Yoshlar ittifoqi faoliyatini yangi g‘oya va takliflar bilan boyitishdan iborat bo‘ldi.

    Muloqot davomida Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkilotining universitet hayotidagi o‘rni, talabalarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, iqtidorli va faol yoshlarni qo‘llab-quvvatlash hamda talabalar o‘rtasida sog‘lom ma’naviy muhitni shakllantirish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, yoshlarning ta’lim jarayoni, jamoat ishlari va turli loyihalardagi ishtirokini kengaytirish, ularning liderlik qobiliyati, tashabbuskorligi va mas’uliyatini rivojlantirishga qaratilgan takliflar yuzasidan fikr almashildi.

    O.Mannopova yoshlar bilan ishlashda tizimli yondashuv, samarali muloqot va jamoaviy hamkorlik muhim ahamiyatga ega ekanini ta’kidladi. Universitetda amalga oshirilayotgan islohotlar va tashabbuslarda talaba-yoshlarning faol ishtirokini ta’minlash, ularning fikr va takliflarini inobatga olish hamda istiqbolli g‘oyalarni amaliyotga tatbiq etish zarurligiga e’tibor qaratildi.

    Uchrashuv davomida Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti a’zolari o‘zlarini qiziqtirgan masalalar, kelgusida amalga oshirish rejalashtirilayotgan loyihalar va yangi tashabbuslar haqida fikr bildirdilar. Bildirilgan takliflar yuzasidan o‘zaro fikr almashilib, yoshlar bilan ishlash samaradorligini oshirish hamda universitet hayotida talabalarning faolligini yanada kuchaytirish bo‘yicha ustuvor vazifalar belgilab olindi.

    Mazkur uchrashuv JIDUda yoshlar tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, Yoshlar ittifoqi faoliyatini rivojlantirish va universitet jamoasida faol, tashabbuskor hamda mas’uliyatli yoshlar safini kengaytirishga xizmat qiladi.