O‘zbekiston delegatsiyasi Madriddagi anjumanda JIDUning mualliflik filmi taqdimotini o‘tkazdi

O‘zbekiston delegatsiyasi Madriddagi anjumanda JIDUning mualliflik filmi taqdimotini o‘tkazdi

    O‘zbekiston delegatsiyasi Madriddagi anjumanda JIDUning mualliflik filmi taqdimotini o‘tkazdi

    O‘zbekiston delegatsiyasi Madriddagi anjumanda JIDUning mualliflik filmi taqdimotini o‘tkazdi

    25-fevral kuni Ispaniyaning Madrid shahrida “O‘zbekiston chorrahada: mintaqaviy dinamika va Iberiya mamlakatlari bilan aloqalar” mavzusidagi ilmiy anjuman doirasida Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining “Kelajakka intilayotgan qadimiy sivilizatsiyalar” nomli mualliflik filmining ispan tilidagi taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Ssenariy muallifi – JIDU Xalqaro munosabatlar kafedrasi dotsenti Shahnoza Xatamovna Amirova.

    Film yangi tendensiyalarni joriy etish, xususan, mamlakatning “yumshoq kuch” siyosati hamda tarixan umumiy ildiz, din va madaniyatga ega bo‘lgan Markaziy Osiyo mintaqasi davlatlarining yaqinlashuvi nuqtai nazaridan O‘zbekiston ichki va tashqi siyosatining dolzarb masalalariga bag‘ishlangan.

    Anjumanda O‘zbekiston rasmiy delegatsiyasi a’zolari, shuningdek, Pireney yarimoroli mamlakatlarining O‘zbekiston bilan o‘zaro hamkorligi masalalarini o‘rganayotgan ispaniyalik va portugaliyalik tadqiqotchilar ishtirok etdi.

    Film yaratilishiga taniqli siyosiy arbob, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining birinchi o‘rinbosari, JIDU rektori Sodiq Safoyev bilan suhbat asos bo‘ldi. Butun film davomida “qizil ip” kabi o‘tgan ushbu intervyu O‘zbekiston siyosiy ustuvorliklarining yo‘nalishini aniq va ravshan belgilab beradi.

    Film anjuman ishtirokchilari tomonidan katta qiziqish bilan kutib olindi. Ayniqsa, kartinaning ispan tilida tayyorlangani alohida qayd etildi.

    Ta’kidlash joizki, Sh. Amirova O‘zbekiston rasmiy delegatsiyasi tarkibida 500 yillik tarixga ega bo‘lgan Ispaniyaning eng yirik davlat ommaviy universitetida professorlar bilan uchrashuvlarda ishtirok etdi. Bu nafaqat Ispaniya, balki Lotin Amerikasi mamlakatlaridan kelgan 67 mingdan ortiq talaba tahsil oladigan Yevropaning eng qadimiy universitetidir. “Al-Kasar” markazida “San-Pablo” universiteti olimlari va diplomatlari bilan yana bir uchrashuv bo‘lib o‘tdi va unda Markaziy Osiyo mintaqasidagi xavfsizlik va barqarorlik masalalari muhokama qilindi.