JIDUda kiberjinoyatchilik va o‘zaro huquqiy yordam chegaralari masalalariga bag‘ishlangan mahorat darsi o‘tkazildi

    2026-yilning 19-oktabr kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida Xalqaro axborot huquqi doirasida 4-kurs talabalari uchun JIDU “Xalqaro huquq va ommaviy huquq fanlari” kafedrasi professori Nugman Nugmanov va Pokistonning huquq maktabi hamda Toshkent davlat yuridik universiteti  kiberhuquq kafedrasi dotsenti Naeem AllahRakha tomonidan “Kiberjinoyatchilik va o‘zaro huquqiy yordam chegaralari: Budapesht konvensiyasi hamda BMTning kiberjinoyatchilik bo‘yicha konvensiyasi doirasida xalqaro hamkorlikni isloh qilish” mavzusida mahorat darsi tashkil etildi.

    Mahorat darsi davomida Kiberjinoyatchilikning evolyutsiyasi, An’anaviy o‘zaro huquqiy yordam (MLA) tuzilmasi, Budapesht konvensiyasi hamda BMTning Kiberjinoyatchilikka qarshi konvensiyasida qamrov, yurisdiksiya va o‘zaro huquqiy yordam va huquqiy tartibga solish masalalari,  xalqaro hamkorlikning raqobatlashuvchi modellarini tahlili taqdim etildi.

    Mutaxassis O‘zbekiston, Yaponiya, Yamayka, Kambodja, Malayziya va Vetnam qonunchiligiga e’tibor qaratdi. 2025-yilgi Kiberjinoyatlar to‘g‘risidagi konvensiya, sun’iy intellekt, “dipfeyk”lar (deepfakes) va raqamli identifikatsiyaga oid yanada qat’iy qoidalar  to‘g‘risida batafsil ma’lumotlar berildi.

    Tadbir konstruktiv ruhda o‘tkaizlib, talabalar o‘zlari qiziqtirgan savollarga javob olishdi.