JIDU huzuridagi Ilmiy darajalar beruvchi DSc.14/2025.27.12.Yu.01.01 raqamli Ilmiy Kengashning yuridik fanlar doktori (DSc) himoyasi o‘tkazildi

    2026-yil 10-oktabr kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida huzuridagi Ilmiy darajalar beruvchi DSc.14/2025.27.12.Yu.01.01 raqamli Ilmiy Kengash majlisi bo‘lib o‘tdi.

    Kun tartibiga Abdullaev Jamshid Djamilovichning 12.00.03 – "Fuqarolik huquqi.Tadbirkorlik huquqi. Oila huquqi. Xalqaro xususiy huquqi" ixtisosligi bo‘yicha yozilgan “Tibbiy xizmat ko‘rsatish bo‘yicha ayrim shartnomaviy munosabatlarni fuqarolik huquqiy tartibga solishni takomillashtirish” mavzusidagi yuridik fanlar doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan dissertatsiyasi himoyasi qo‘yildi.

    Dissertatsiya ishi himoyasi davomida talabgor tomonidan ishning dolzarblilik darajasi, maqsad va vazifalari keng yoritib berildi. Ilmiy Kengash a’zolari tomonidan dissertant tomonidan berilgan takliflar yuzasidan fikr va mulohazalar bildirildi.

    Dissertatsiya ishi muvaffaqiyatli himoya qilinib, DSc.14/2025.27.12.Yu.01.01 raqamli Ilmiy Kengash tomonidan Abdullaev Jamshid Djamilovichga yuridik fanlar doktori (DSc) ilmiy darajasini berish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.