
Xitoy tilida notiqlik san’ati
Xitoy tilida notiqlik san’ati

2026-yil 12-may kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiyasi universiteti Sharq tillari kafedrasida xitoy tilida navbatdagi notiqlik san’ati tanlovi bo‘lib o‘tdi. Tanlovda xitoy tilini o‘rganayotgan barcha ta’lim yo‘nalishlarining 2-bosqich talabalari ishtirok etdi.
Tadbirning asosiy maqsadi talabalarning xitoy tilidagi og‘zaki nutq ko‘nikmalarini rivojlantirish, ularning ijodiy va tahliliy fikrlash qobiliyatini takomillashtirish hamda madaniyatlararo muloqot sohasidagi kompetensiyalarini mustahkamlashdan iboratdir.
Hakamlar hay’ati talaffuz, so‘z boyligi, xitoy tilidagi nutq madaniyati va mavzuning to‘liq ochib berilishini baholadi.
Tanlovning o‘tkazilishi talabalarning xitoy tiliga bo‘lgan qiziqishini oshirishga, shuningdek, ularning nutq madaniyati va notiqlik mahoratini rivojlantirishga xizmat qiladi. Tanlov g‘oliblari esdalik sovg‘alari va sertifikatlar bilan taqdirlandi.
| Sana: | 13.05.2026 |
| Ko'rganlar soni: | 66 |
| Ulashish: |




