
JIDU rektori faol talabalar bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
JIDU rektori faol talabalar bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

2026-yil 10-oktabr kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining birinchi o‘rinbosari, JIDU rektori Sodiq Safoyevning universitet yoshlar yetakchisi va faol talabalar bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda universitet rahbariyati, fakultet dekanlari, kurs koordinatorlari hamda faol talabalar ishtirok etdi.
Mazkur uchrashuv universitet rahbariyati va talaba-yoshlar o‘rtasida ochiq va konstruktiv muloqotni rivojlantirish, talabalarning fikr va takliflarini o‘rganish, ularning tashabbuskorligi hamda yetakchilik salohiyatini qo‘llab-quvvatlashga qaratildi.
Muloqot davomida talabalarning universitet ijtimoiy hayotidagi faolligini oshirish, yoshlar tashabbuslarini rag‘batlantirish, jamoaviy hamkorlikni mustahkamlash hamda ularning intellektual va ijodiy salohiyatini ro‘yobga chiqarish uchun yaratilayotgan imkoniyatlar muhokama qilindi.
Shuningdek, talabalarning universitet hayoti va rivojlanish jarayonlaridagi ishtirokini kengaytirish, yoshlar yetakchisi va faol talabalar bilan tizimli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, istiqbolli g‘oya va loyihalarni amalga oshirishni qo‘llab-quvvatlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Ochiq muloqot davomida talabalar o‘z tashabbuslari, ta’lim jarayoni va universitet muhitini yanada takomillashtirishga qaratilgan takliflari bilan o‘rtoqlashdilar. Shuningdek, ular o‘zlarini qiziqtirgan masalalar yuzasidan rektor bilan bevosita fikr almashish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.
Uchrashuv universitet rahbariyati va talaba-yoshlar o‘rtasidagi o‘zaro ishonch va samarali hamkorlikni mustahkamlash, talabalarning yangi g‘oya va tashabbuslarini rag‘batlantirish, shuningdek, ularning universitet hayotidagi faol ishtirokini yanada kengaytirish yo‘lida muhim muloqot maydoni bo‘ldi.



