“Mahallada oilaviy huquq asoslari: nikoh, ajrim, vasiylik va aliment masalalari”

“Mahallada oilaviy huquq asoslari: nikoh, ajrim, vasiylik va aliment masalalari”

    “Mahallada oilaviy huquq asoslari: nikoh, ajrim, vasiylik va aliment masalalari”

    “Mahallada oilaviy huquq asoslari: nikoh, ajrim, vasiylik va aliment masalalari”

    Joriy yilning 21-noyabr kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti “Fuqarolik huquqi va xalqaro xususiy huquq fanlari” kafedrasi professor o`qituchilari Nargiza Raimova, Dilfuza Imamova, Galina Lobanova, Gavhar Ramazonovalar Toshkent shahar Mirzo Ulug`bek tumani “Oltintepa” mahalla fuqarolar yig`inida, mahalla yettiligi va ushbu mahallada istiqomat qiluvchi fuqarolar bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksining amaldagi normalari, oilaviy munosabatlarning huquqiy tartibga solinishi, nikoh tuzish va bekor qilish bilan bog‘liq jarayonlar, shuningdek vasiylik, homiylik va aliment majburiyatlariga oid dolzarb masalalar bo`yicha suhbat amalga oshirildi. Mutaxassislar tomonidan amaliy misollar asosida fuqarolarning huquqiy savodxonligini oshirishga qaratilgan tavsiyalar berildi.

    Suhbat davomida nikoh tuzish va bekor qilish tartibi, vasiylik va homiylik institutlari, aliment majburiyatlari hamda oilaviy nizolarni huquqiy asosda hal etish bilan bog‘liq dolzarb masalalar batafsil tushuntirildi. Professor-o‘qituvchilar amaliy hayotdan olingan misollar orqali oilaviy munosabatlarda uchrab turadigan holatlar, ularning huquqiy yechimlari va aholi uchun muhim bo‘lgan profilaktik yondashuvlar haqida atroflicha ma’lumot berdilar.

    Davra suhbati Barqaror rivojlanish maqsadlari doirasida BRMning tegishli bandlaridagi vazifalarni amalda bajarishga qaratilgan bo‘lib, mahalla aholisi bilan muntazam hamkorlikni mustahkamlashga zamin yaratdi.

    Uchrashuv davomida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qildilar va ularga batafsil javoblar berildi. Mutaxassislar fuqarolarning oilaviy-huquqiy munosabatlar bo‘yicha xabardorligini oshirish, huquqiy madaniyatni mustahkamlash va oilada barqarorlikni ta’minlashga qaratilgan amaliy tavsiyalarni taqdim etdilar.

    Davra suhbati mahalla aholisi o‘rtasida huquqiy madaniyatni yuksaltirish, oilaviy munosabatlarda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan nizolarning oldini olish va fuqarolarning o‘z huquq va majburiyatlarini to‘g‘ri anglashiga ko‘maklashish bo‘yicha muhim ma’rifiy ahamiyat kasb etdi. Mazkur tadbir kelgusida ham mahalla va universitet o‘rtasidagi hamkorlikning izchil davom etishiga zamin yaratdi.