JIDUda talabalar psixologik farovonligini qo‘llab-quvvatlash va sog‘lom universitet muhitini rivojlantirishga qaratilgan ishlar olib borilmoqda

    Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida talabalar o‘rtasida ijtimoiy-psixologik va ma’naviy-ma’rifiy muhitni mustahkamlash, psixologik farovonlikni qo‘llab-quvvatlash hamda sog‘lom va xavfsiz universitet muhitini shakllantirishga qaratilgan seminar-treninglar, psixologik davra suhbatlari va uchrashuvlar muntazam tashkil etilmoqda.

    Mazkur ishlar universitet psixologi N. Norova, koordinatorlar va profilaktika inspektorlari hamkorligida amalga oshirilib, talabalarning ijtimoiy-psixologik moslashuvi, sog‘lom shaxslararo munosabatlarni rivojlantirish, o‘zaro hurmat va muloqot madaniyatini mustahkamlash, stress va nizoli vaziyatlarning oldini olish, shuningdek, mas’uliyatli va xavfsiz xulq-atvor ko‘nikmalarini shakllantirishga qaratilmoqda.

    Mashg‘ulotlar davomida talabalarning o‘zini anglash, emotsional barqarorlik, stressni boshqarish, samarali muloqot, ijtimoiy mas’uliyat va sog‘lom turmush tarziga oid bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda.

    Ushbu faoliyat “Sog‘lom universitet” konsepsiyasi hamda Barqaror rivojlanish maqsadlari bilan uyg‘un holda amalga oshirilib, xususan, Sog‘lom hayot va farovonlik, Sifatli ta’lim, Gender tengligi va Tengsizlikni kamaytirish yo‘nalishlariga qaratilgan.

    Shuningdek, mazkur yondashuv zamonaviy oliy ta’limda muhim o‘rin tutadigan talabalar farovonligi, psixologik qo‘llab-quvvatlash, xavfsiz va inklyuziv ta’lim muhiti hamda profilaktik yondashuv tamoyillari bilan uyg‘unlashadi. Xususan, BMTning Barqaror rivojlanish maqsadlarida psixologik farovonlik, sifatli va inklyuziv ta’lim hamda teng imkoniyatlarni ta’minlashga oid yo‘nalishlar ham belgilangan.

    Tizimli ravishda tashkil etilayotgan seminar-treninglar, psixologik davra suhbatlari va uchrashuvlar orqali universitetda sog‘lom ijtimoiy-psixologik muhitni mustahkamlash, talabalarni qo‘llab-quvvatlash va ularning universitet hayotidagi faol ishtirokini rag‘batlantirishga qaratilgan ishlar izchil davom ettirilmoqda.