
JIDU professori Yosh tarjimonlar akademiyasi tinglovchilari uchun sinxron tarjima bo‘yicha trening o‘tkazdi
JIDU professori Yosh tarjimonlar akademiyasi tinglovchilari uchun sinxron tarjima bo‘yicha trening o‘tkazdi

2026-yil 11-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi taklifiga binoan Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti Ingliz tili kafedrasi professori B. Samadov Yosh tarjimonlar akademiyasi tinglovchilari uchun ma’ruza-trening o‘tkazdi. Tadbir Agentlikning matbuot klubida bo‘lib o‘tdi.
Trening yoshlarning tarjimonlik faoliyatiga bo‘lgan qiziqishini oshirish, kasbiy ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda og‘zaki tarjima sohasida malakali mutaxassislarni tayyorlashga qaratildi.
Uchrashuv davomida professor B. Samadov ishtirokchilarni sinxron tarjimon kasbiy faoliyatining o‘ziga xos jihatlari bilan tanishtirdi, ushbu sohadagi amaliy tajribasi bilan o‘rtoqlashdi hamda ularning savollariga javob berdi. Konferensiya tarjimonlarining kasbiy kompetensiyalariga qo‘yiladigan zamonaviy talablar va ularni tayyorlashning asosiy jihatlariga alohida e’tibor qaratildi.
Tadbir yakunida professor intervyu berib, konferensiya tarjimasi sohasida mutaxassislarni tayyorlashning o‘ziga xos xususiyatlari hamda ularning kasbiy ta’limi jarayonida alohida e’tibor talab etadigan muhim yo‘nalishlar haqida fikr bildirdi.
Mazkur trening Akademiya tinglovchilarining sinxron tarjimaning amaliy jihatlari haqidagi bilimlarini kengaytirish, sohadagi dolzarb kasbiy talablar bilan tanishish hamda xalqaro tadbirlarda faoliyat yuritish uchun zarur kompetensiyalarni rivojlantirish bo‘yicha tavsiyalar olishiga xizmat qildi.
| Sana: | 12.09.2026 |
| Ko'rganlar soni: | 1 |
| Ulashish: |



