JIDUda sunʼiy intellekt texnologiyasi sohasida tabiiy huquq tamoyillarini o‘zaro muvofiqlashtirish masalalariga bag‘ishlangan mahorat darsi o‘tkazildi

    2026-yilning 28-sentabr kuni Xalqaro huquq fani doirasida 3-kurs talabalari uchun JIDU “Xalqaro huquq va ommaviy huquq fanlari” kafedrasi professori N.Nugmanov va Hindistonning HOD, MATS huquq maktabi, MATS universiteti Dotsenti Pyali Chatterjee (HOD, MATS huquq maktabi, MATS universiteti, Raipur, Chattisgarh, Hindiston) tomonidan “Sun’iy bachadon texnologiyasi va Sun’iy intellekt: Reproduktiv avtonomiya, texnologik taraqqiyot va tabiiy qonun tamoyillarini uyg‘unlashtirish” mavzusida mahorat darsi tashkil etildi.

    “Sun’iy bachadon texnologiyasi va sun’iy intellekt: reproduktiv avtonomiya, texnologik taraqqiyot va tabiiy huquq tamoyillarini uyg‘unlashtirish” nomli ekspert hisobotida sun’iy bachadon texnologiyalari (ektogenez) va sun'iy intellektdan foydalanish bilan bog'liq huquqiy, axloqiy va xalqaro jihatlarning keng qamrovli tahlili taqdim etildi.

    Mutaxassis onalik, inson huquqlarini himoya qilish va zamonaviy biotexnologiyalar uchun axloqiy maqbullik chegaralariga oid an’anaviy tushunchalarning o‘zgarishiga e’tibor qaratdi.

    Tadbir yakunida talabalar o‘zlari qiziqtirgan savollarga javob olishdi va fikr almashinildi.