Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti kam ta’minlangan oilalardan bo‘lgan talabalarga manzilli yordam ko‘rsatmoqda

    Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti talabalarning ijtimoiy farovonligini mustahkamlashga qaratilgan yondashuv doirasida oilaviy sharoiti og‘ir, ijtimoiy himoyaga muhtoj, kasalmand hamda moddiy yordam so‘rab murojaat qilgan talabalarni muntazam qo‘llab-quvvatlab kelmoqda. Ko‘mak bir nechta yo‘nalishlarni qamrab oladi: oziq-ovqat bilan ta’minlash, sog‘liqni saqlash (universitet tasarrufidagi tibbiy xonada bepul ko‘rik va davolanish), ta’lim (kontrakt to‘loviga ko‘mak), shuningdek toza suv va sanitariya sharoitlarini doimiy ta’minlash.

    Universitetda talaba-qizlar va yoshlar orasida ijtimoiy himoyaga muhtoj, turmush sharoiti og‘ir, huquqiy hamda ma’naviy-psixologik qo‘llab-quvvatlashga ehtiyoji bo‘lganlar bilan manzilli ishlash tizimi yo‘lga qo‘yilgan. Mazkur tizim quyidagilarni nazarda tutadi:

    og‘ir hayotiy vaziyatga tushgan talabalar bilan individual ishlash va ularni ijtimoiy xizmatlar bilan qo‘llab-quvvatlash;

    xavf guruhi toifasidagi talabalar bo‘yicha fakultetlar kesimida ijtimoiy yordam mexanizmlarini yo‘lga qo‘yish;

    yordam jarayonining barqarorligi va huquqlarning doimiy kafolatlanishini ta’minlash;

    barcha bosqichlarda shaffoflikni kuchaytirish;

    talabaning ehtiyojidan kelib chiqib, manzillilik va samaradorlikni oshirish.

    2025-yil 13-noyabr kuni universitet ijtimoiy himoyaga muhtoj talabalarga oziq-ovqat ijtimoiy paketlarini tayyorladi. 14-noyabr kuni esa paketlar fakultetlar kesimida tyutorlar orqali, talabalarning sha’ni va nozik jihatlarini inobatga olgan holda, ortiqcha e’tiborsiz va namoyishsiz tarzda yetkazib berildi. Taqdim etilgan paketlar kundalik ehtiyoj uchun zarur bo‘lgan asosiy mahsulotlarni qamrab oldi.

    Ushbu tashabbus universitet jamoasining birdamligi va ijtimoiy mas’uliyati bilan birga, ta’lim muhitida hamjihatlikni mustahkamlashga xizmat qiladi hamda barqaror rivojlanish tamoyillarini amaliy qo‘llab-quvvatlaydi.