Yangi o‘quv yili muborak, aziz talabalar!

Yangi o‘quv yili muborak, aziz talabalar!

    Yangi o‘quv yili muborak, aziz talabalar!

    Yangi o‘quv yili muborak, aziz talabalar!

    Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida yangi o‘quv yili yangi maqsadlar, yangi rejalar va yangi imkoniyatlar bilan boshlandi.

    Yuqori bosqich talabalari universitetga qaytib, o‘quv yilining ilk kunlarini ko‘tarinki kayfiyat va samimiy muhitda boshlamoqdalar. Oldinda ularni yangi bilimlar, qiziqarli loyihalar, muhim uchrashuvlar va katta marralar kutmoqda.

    Tez orada universitetimiz safini to‘ldiradigan 1-bosqich talabalarini ham yangi muhit, yangi tanishuvlar va talabalik hayotining unutilmas ilk sahifalari qarshi oladi.
    Barcha talabalarimizga yangi o‘quv yilida kuch-g‘ayrat, ilhom, yuqori natijalar va o‘z oldiga qo‘ygan maqsadlariga erishishni tilaymiz.

    Yangi o‘quv yili — yangi imkoniyatlar sari yangi qadam!