JIDU rektori Germaniya Bundestagi deputatlari bilan uchrashdi

JIDU rektori Germaniya Bundestagi deputatlari bilan uchrashdi

    JIDU rektori Germaniya Bundestagi deputatlari bilan uchrashdi

    JIDU rektori Germaniya Bundestagi deputatlari bilan uchrashdi

    Oliy Majlis Senati Raisining birinchi oʻrinbosari, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti Sodiq Safoyev Germaniya Bundestagi deputatlari Peter Felzer va Kristof Birgxan bilan uchrashuv oʻtkazdi.

    Suhbat chogʻida Oʻzbekiston va Germaniya oʻrtasidagi koʻp qirrali munosabatlarning bugungi holati va istiqbollari muhokama qilindi.

    Taʼkidlanganidek, parlamentlararo muloqot ikki mamlakat oʻrtasidagi munosabatlarni mustahkamlash, yangi tashabbuslarni ilgari surish hamda qoʻshma loyihalarni amalga oshirishda muhim oʻrin tutadi.

     Germaniya va Markaziy Osiyo davlatlari oʻrtasida hamkorlikni yanada kengaytirish, shuningdek, ilmiy-tadqiqot va taʼlim sohalaridagi aloqalarni mustahkamlash masalalari yuzasidan fikr almashildi. Germaniya parlamenti aʼzolari Oʻzbekiston Markaziy Osiyoning markazida joylashgan, ulkan iqtisodiy va inson salohiyatiga ega davlat sifatida mintaqada muhim oʻrin tutishini taʼkidladi. Shuningdek, Germaniya Oʻzbekiston bilan uzoq muddatli va oʻzaro manfaatli hamkorlikni yanada rivojlantirishdan manfaatdor ekani qayd etildi.

    Muloqot yakunida tomonlarning belgilangan ustuvor yoʻnalishlar boʻyicha amaliy hamkorlikni kengaytirish va muntazam aloqalarni davom ettirishga tayyor ekani bildirildi.