JIDUda “Yangi O‘zbekiston: Shavkat Mirziyoyev yo‘li” kitobi talabalar bilan birga o`rganildi

JIDUda “Yangi O‘zbekiston: Shavkat Mirziyoyev yo‘li” kitobi talabalar bilan birga o`rganildi

    JIDUda “Yangi O‘zbekiston: Shavkat Mirziyoyev yo‘li” kitobi talabalar bilan birga o`rganildi

    JIDUda “Yangi O‘zbekiston: Shavkat Mirziyoyev yo‘li” kitobi talabalar bilan birga o`rganildi

    Joriy yilning 20-dekabr sanasida Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti Fuqarolik huquqi va xalqaro xususiy huquq fanlari kafedrasi o`qituvchisi Shohrux Umirzoqov va Xalqaro huquq fakulteti talabalari bilan birgalikda “Yangi O‘zbekiston: Shavkat Mirziyoyev yo‘li” kitobi o`rganildi va o`zaro fikrlar almashildi.

    Ushbu kitobning muallifi taniqli siyosatshunos, senator hamda O‘zbekison kasaba uyushmalari Federatsiyasi raisi Qudratilla Rafiqov bo`lib, kitob - Prezident Shavkat Mirziyoyev boshchiligida O‘zbekistonda amalga oshirilgan keng ko‘lamli islohotlar va o‘zgarishlarga bag‘ishlandi.

    Kitob - siyosiy tizimni modernizatsiya qilish, iqtisodiyotni liberallashtirish, inson huquqlarini himoya qilish, sud-huquq sohasidagi o‘zgarishlar, shuningdek, O‘zbekistonning xalqaro maydondagi yangi imiji haqida batafsil ma’lumot beradi. Shu bilan birga, kitob mamlakatning strategik rivojlanish yo‘nalishini har tomonlama tahlil qilib, siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy sohalardagi chuqur o‘zgarishlarni yoritib beradi.

    Muallifning ushbu kitobi O`zbekiston Respublikasining chet eldagi elchixonalarida, xalqaro institutlarda, shuningdek BMT bosh qarorgohida ham taqdim etilib, iliq kutib olindi.

    Universitet talabalari kitobga yuksak qiziqish bildirib, unda ilgari surilgan g‘oya va qarashlar yuzasidan faol munozaralar olib bordilar hamda o‘zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob oldilar. Suhbat davomida talabalar tomonidan bildirilgan fikr-mulohazalar kitobda bayon etilgan islohotlarning amaliy ahamiyatini chuqurroq anglashga xizmat qildi.

    Mazkur tadbir yoshlarning siyosiy-huquqiy bilimlarini oshirish, mustaqil fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasining mazmun-mohiyatini keng targ‘ib etishda muhim ahamiyat kasb etdi. Uchrashuv yakunida bunday ma’rifiy va ilmiy suhbatlarni kelgusida ham tizimli ravishda davom ettirish zarurligi ta’kidlandi.