
JIDU rektori Shvetsiya va Finlyandiya elchilari bilan uchrashdi
JIDU rektori Shvetsiya va Finlyandiya elchilari bilan uchrashdi

Oliy Majlis Senati Raisining birinchi o‘rinbosari, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti rektori Sodiq Safoyev Shvetsiyaning O‘zbekistondagi elchisi Martin Rozen hamda Finlyandiyaning O‘zbekistondagi elchisi Yoxanna Mariya Yogren bilan uchrashdi.
Suhbat chog‘ida O‘zbekistonning Finlyandiya va Shvetsiya bilan do‘stona munosabatlarini yanada rivojlantirish, parlamentlararo hamkorlikni yangi mazmun bilan boyitish hamda savdo-iqtisodiy aloqalarni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
Xususan, ta’lim va kadrlar tayyorlash, raqamli texnologiyalar, ekologiya va suv resurslarini boshqarish sohalaridagi aloqalarni rivojlantirish, tahlil markazlari o‘rtasidagi hamkorlikni kuchaytirish hamda “Markaziy Osiyo - Shimoliy Yevropa” formatidagi muloqotni davom ettirish muhimligi qayd etildi.
Uchrashuv yakunida parlamentlararo hamkorlik guruhlari va parlament qo‘mitalari o‘rtasida muntazam muloqotni faollashtirish, parlament nazoratini amalga oshirish bo‘yicha tajriba almashish, shuningdek, Parlamentlararo ittifoq va YEXHT Parlament assambleyasi doirasidagi hamkorlikni izchil davom ettirishga kelishib olindi.
| Sana: | 11.09.2026 |
| Ko'rganlar soni: | 52 |
| Ulashish: |



