
JIDU professori nufuzli Fulbright tadqiqot dasturi g‘olibi bo‘ldi
JIDU professori nufuzli Fulbright tadqiqot dasturi g‘olibi bo‘ldi

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti Xalqaro huquq fakulteti “Xalqaro huquq va ommaviy-huquq fanlari” kafedrasi professori v.b. Surayyo Usmanova nufuzli Fulbright tadqiqot dasturining 2026–2027-o‘quv yili uchun g‘olibi bo‘ldi.
Dastur doirasida S. Usmanova AQShning yetakchi ilmiy-tadqiqot universitetlaridan biri Pennsylvania Davlat Universitetining Dikinson Huquq fakultetida (The Pennsylvania State University Dickinson Law) ilmiy tadqiqot olib bormoqda. Tadqiqot O‘zbekistonda xalqaro huquq ta’limini rivojlantirish, zamonaviy o‘qitish metodlarini o‘rganish hamda AQShning ilg‘or akademik tajribasini tahlil qilishga qaratilgan.
1855-yilda tashkil etilgan Penn State QS World University Rankings 2027 reytingida dunyoda 92-o‘rin, AQSh universitetlari orasida 23-o‘rin va AQSh davlat universitetlari orasida 7-o‘rinni egallagan. Dickinson Law esa 1834-yilda tashkil etilgan bo‘lib, AQShdagi eng qadimiy huquq maktablaridan biri hisoblanadi.



