“Xitoy tili koʻprigi” xalqaro notiqlik musobaqasining respublika yarimfinal bosqichi boʻlib oʻtdi

    Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti “Sharq tillari” kafedrasi qoshida tashkil etilgan “Xitoy tili koʻprigi” notiqlik musobaqasiga tayyorlov lingvotoʻgaragi xitoy tili oʻrganuvchi talabalarni notiqlik mahoratini shakllantirish, Xitoy mamlakatshunosligi, madaniyati, tarixi, iqtisodiga oid bilim va koʻnikmalarini hosil qilishga yoʻnaltirilib, har yili XXRning Oʻzbekistondagi elchixonasi tomonidan oʻtkaziladigan “Xitoy tili koʻprigi” musobaqasiga mukammal tayyorlaydi.

    Jumladan, 2-aprel kuni “Xitoy madaniyat markazi” da oʻtkazilgan “Xitoy tili koʻprigi” notiqlik musobaqasi yarimfinal bosqichi tashkil etilib, mazkur musobaqada turli xitoy filologiyasi mutaxassisligiga yoʻnaltirilgan turli OTM talabalari ishtirok etdi.

    JIDU 3-kurs Xalqaro iqtisodiyot va menejment fakulteti talabasi Baxtiyorov Doʻstmuhammad ushbu musobaqada gʻalaba qozonib, respublika final bosqichiga yoʻllanmani qoʻlga kiritdi.