
JIDUda “Konsullar tomonidan amalga oshiriladigan notarial harakatlar. Notarius tomonidan xorijiy huquq normalarini qo‘llash” mavzusida master-klass bo‘lib o‘tdi
JIDUda “Konsullar tomonidan amalga oshiriladigan notarial harakatlar. Notarius tomonidan xorijiy huquq normalarini qo‘llash” mavzusida master-klass bo‘lib o‘tdi

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida “Xalqaro huquq” fakulteti 4-kurs talabalari uchun “Notariat” fanidan O‘zbekiston Notarial palatasi Raisi Ashurov Dilshod Rustamovich hamda O‘zbekiston Respublikasi Notarial palatasining Toshkent shahar hududiy boshqarmasi bosh maslahatchisi Osmanova Zulfiya Enverovna ishtirokida uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuv davomida D.Ashurov jamiyatda notariatning ahamiyati, notarial tizimda xalqaro shartnomalarning o‘rni, konsulliklar tomonidan amalga oshiriladigan notarial harakatlar hamda hujjatlarga apostil qo‘yish tartibi haqida batafsil ma’lumot berdi.
Talabalar ma’ruzachini katta qiziqish bilan tinglab, savol-javob shaklida qimmatli bilimlar va amaliy ma’lumotlarga ega bo‘lishdi. Tadbir yoshlar uchun nihoyatda foydali va qiziqarli bo‘ldi.
Ikkinchi ma’ruzachi sifatida O‘zbekiston Respublikasi Notarial palatasining Toshkent shahar hududiy boshqarmasi bosh maslahatchisi, O‘zbekiston Respublikasining eng tajribali notariuslaridan biri — Osmanova Zulfiya Enverovna ishtirok etdi.
Master-klass davomida O‘zbekiston notariuslari fuqarolar bilan ishlash jarayonida duch keladigan ko‘plab amaliy holatlar muhokama qilindi. Shuningdek, Z.Osmanova talabalarga — kelajakdagi konsullarga hujjatlar bilan qanday ishlash kerakligi, hujjatning soxta emasligini to‘g‘ri aniqlash, turli vaziyatlarda qay tarzda tekshirish mumkinligi bo‘yicha ko‘plab foydali maslahatlar berdi.



