JIDU talabalar turar joyida yong‘in xavfsizligi bo‘yicha amaliy o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi

JIDU talabalar turar joyida yong‘in xavfsizligi bo‘yicha amaliy o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi

    JIDU talabalar turar joyida yong‘in xavfsizligi bo‘yicha amaliy o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi

    JIDU talabalar turar joyida yong‘in xavfsizligi bo‘yicha amaliy o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi

    Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti (JIDU) talabalar turar joyida Favqulodda vaziyatlar vazirligi (FVV) xodimlari bilan hamkorlikda yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya etish, favqulodda vaziyatlarning oldini olish hamda bunday holatlarda to‘g‘ri harakat qilish ko‘nikmalarini shakllantirishga qaratilgan amaliy o‘quv mashg‘uloti tashkil etildi.

    Mazkur mashg‘ulotdan ko‘zlangan asosiy maqsad talabalar orasida yong‘in xavfsizligi madaniyatini oshirish, turar joy binolarida xavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya etish zarurligini tushuntirish hamda favqulodda vaziyatlar yuzaga kelganda tezkor va to‘g‘ri harakat qilish bo‘yicha amaliy bilimlarni mustahkamlashdan iborat bo‘ldi.

    Mashg‘ulot davomida FVV xodimlari tomonidan yong‘in kelib chiqishining asosiy sabablari, uning oldini olish choralari, elektr jihozlaridan xavfsiz foydalanish, elektr tarmoqlarida ortiqcha yuklamalarga yo‘l qo‘ymaslik hamda yong‘in xavfsizligi talablariga amal qilish yuzasidan tushuntirishlar berildi. Shuningdek, talabalar turar joyida yashovchi yoshlarning kundalik hayotda xavfsizlik qoidalariga mas’uliyat bilan yondashishi, umumiy foydalanish joylarida tartibni saqlashi va xavf tug‘dirishi mumkin bo‘lgan holatlarga befarq bo‘lmasligi muhimligi ta’kidlandi.

    Amaliy mashg‘ulot jarayonida yong‘in sodir bo‘lgan taqdirda vahimaga tushmaslik, binoni xavfsiz tark etish, evakuatsiya yo‘laklaridan to‘g‘ri foydalanish, boshqa talabalarni ogohlantirish va tegishli favqulodda xizmatlarga xabar berish tartibiga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, yong‘in aniqlanganda mas’ul xodimlarga zudlik bilan ma’lumot berish, xavfsiz hududga chiqish va mutaxassislarning ko‘rsatmalariga amal qilish bo‘yicha zarur tavsiyalar berildi.

    Bundan tashqari, yong‘in o‘chirish vositalaridan foydalanish, ularning vazifasi va qo‘llash tartibi yuzasidan amaliy tushuntirishlar olib borildi. Talabalarga favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri qaror qabul qilish, o‘z hayoti va atrofdagilar xavfsizligini ta’minlash hamda belgilangan xavfsizlik talablariga rioya etishning ahamiyati tushuntirildi.

    Ushbu o‘quv mashg‘uloti talabalarning favqulodda vaziyatlar bo‘yicha bilimlarini oshirish, yong‘in xavfsizligiga oid amaliy ko‘nikmalarini mustahkamlash va talabalar turar joyida xavfsiz yashash muhitini ta’minlashga xizmat qiladi.

    Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida talabalar hayoti va salomatligini muhofaza qilish, ularning yashash sharoitlarida xavfsizlikni ta’minlash hamda favqulodda vaziyatlarning oldini olishga qaratilgan profilaktik tadbirlarni amalga oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. FVV xodimlari bilan hamkorlikda tashkil etilgan bunday amaliy mashg‘ulotlar talabalarda xavfsizlik madaniyatini yuksaltirish va favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlik darajasini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.