JIDU delegatsiyasi Xanchjou shahrida (Xitoy) bo‘lib o‘tgan Markaziy Osiyoning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga bag‘ishlangan konferensiyada ishtirok etdi

    Joriy yilning 8-noyabr kuni Xitoyning Xanchjou shahridagi Chjetszyan moliya va iqtisodiyot universitetida “Xitoy va Markaziy Osiyo o‘rtasidagi yuqori sifatli hamkorlik va rivojlanish: mintaqaviy va mamlakat tadqiqotlari kontekstida” nomli xalqaro ilmiy konferensiya bo‘lib o‘tdi. Konferensiya Markaziy Osiyoning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga bag‘ishlangan Sakkizinchi konferensiya doirasida tashkil etilib, Xitoy va mintaqa mamlakatlari o‘rtasidagi hamkorlikning dolzarb masalalarini muhokama qilish uchun muhim platformaga aylandi.

    Ma’ruzalar mavzusi Xitoy va Markaziy Osiyo mamlakatlari o‘rtasidagi hamkorlikning bugungi holati va rivojlanish istiqbollariga qaratildi.

    Jahon iqtisodiyoti va diplomatiyasi universitetidan dotsent Gavhar Sultanova “Raqamli iqtisodiyot va transchegaraviy elektron tijorat - Xitoy va Markaziy Osiyo hamkorligining yangi drayverlari sifatida” mavzusida ma’ruza qildi. U o‘z nutqida Markaziy Osiyodagi raqamli transformatsiyaning asosiy yo‘nalishlarini, shuningdek, mintaqa mamlakatlari va Xitoy o‘rtasidagi raqamli hamkorlik salohiyatini yoritib berdi.

    Shuningdek, JIDU Xalqaro akademik hamkorlik ofisi bosh mutaxassisi Feruza Iskandarova ham so‘zga chiqdi. Uning ma’ruzasi Xitoy va O‘zbekiston o‘rtasidagi ta’lim sohasidagi hamkorlikka bag‘ishlandi. U o‘z nutqida O‘zbekiston oliy ta’lim tizimidagi keng ko‘lamli islohotlar haqida so‘z yuritdi, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti haqida qisqacha ma’lumot berdi, shuningdek, O‘zbekiston va Xitoy universitetlari o‘rtasidagi mavjud muammolar va hamkorlik istiqbollarini belgilab berdi.

    Konferensiyaning keyingi kuni ishtirokchilar Xitoyning yetakchi kompaniyalari - SUPCOM, Hikvision va Hundsun fintex kompaniyasiga tashrif buyurishdi Tashrif davomida ular axborot texnologiyalari va moliya sohalaridagi ilg‘or texnologiyalar hamda innovatsion yechimlar bilan tanishish imkoniga ega bo‘lishdi. Bu ekskursiya konferensiya mavzusini to‘ldirib, Xitoy va Markaziy Osiyo mamlakatlari o‘rtasidagi tajriba almashuvining ahamiyatini yanada ta’kidladi.