
JIDUga G‘arb sivilizatsiyasini o‘rganishga doir noyob ensiklopediyaning to‘rt jildi hadya etildi
JIDUga G‘arb sivilizatsiyasini o‘rganishga doir noyob ensiklopediyaning to‘rt jildi hadya etildi

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida Ilm-fan va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor Timur Dadabayev Qatar Davlatining O‘zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor elchisi Abdulla Ahmad al-Sada hamda Qatar Davlati Tashqi ishlar vazirligining katta iqtisodiy maslahatchisi, professor Noazad Abdul Rahmon al-Hitiy bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuv davomida Qatar tomoni JIDUga “Islom olamida G‘arb sivilizatsiyasini o‘rganish bo‘yicha birinchi ensiklopediya” nashrining to‘rt jildini hadya qildi.
Tomonlar ilmiy-akademik hamkorlikni davom ettirish va rivojlantirishga, shuningdek, JIDU va Qatar Davlati hamkorlari o‘rtasidagi o‘zaro aloqalarni kengaytirishga tayyor ekanliklarini tasdiqladilar.
| Sana: | 09.09.2026 |
| Ko'rganlar soni: | 40 |
| Ulashish: |



