
JIDU va Harbiy xavfsizlik va mudofaa universiteti o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi
JIDU va Harbiy xavfsizlik va mudofaa universiteti o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi

Joriy yilning 12-may kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida JIDU hamda O‘zbekiston Respublikasi Harbiy xavfsizlik va mudofaa universiteti o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risidagi memorandumni imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Mazkur memorandum ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasida o‘quv-uslubiy, ilmiy-innovatsion yo‘nalishlardagi hamkorlikni yanada rivojlantirishga qaratilgan. Hujjatda siyosiy, harbiy hamda ijtimoiy-iqtisodiy xavfsizlik masalalari bo‘yicha qo‘shma tadqiqotlar olib borish, kadrlarni tayyorlash va malakasini oshirish, akademik mobillikni yo‘lga qo‘yish hamda zamonaviy o‘quv materiallarini hamkorlikda ishlab chiqish kabi yo‘nalishlar belgilangan.
Hamkorlik doirasida ilmiy-amaliy anjumanlar, seminarlar, davra suhbatlari, qo‘shma tadqiqot loyihalari, madaniy-ma’rifiy tadbirlar, sport musobaqalari va ekskursiyalar tashkil etilishi ko‘zda tutilgan. Memorandumning imzolanishi ikki universitet o‘rtasidagi aloqalarni yangi bosqichga olib chiqib, yuqori malakali va zamonaviy bilimlarga ega kadrlarni tayyorlashga xizmat qiladi.
| Sana: | 13.05.2026 |
| Ko'rganlar soni: | 159 |
| Ulashish: |




