JIDUda Mudofaa vazirligi xodimlari uchun malaka oshirish kurslari tashkil etildi

JIDUda Mudofaa vazirligi xodimlari uchun malaka oshirish kurslari tashkil etildi

    JIDUda Mudofaa vazirligi xodimlari uchun malaka oshirish kurslari tashkil etildi

    JIDUda Mudofaa vazirligi xodimlari uchun malaka oshirish kurslari tashkil etildi

    Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining Taraqqiyot jamg‘armasi negizidagi malaka oshirish kurslarida 6–17-iyul kunlari O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining xodimlari tahsil oldilar.

    Jumladan, “Yurist va kadr” yo‘nalishi bo‘yicha 25 nafar kadrlar bo‘limi boshliqlari va yuristlar, “Personalni boshqarish va kadrlar ish yurituvi” yo‘nalishi bo‘yicha esa 15 nafar kadrlar bo‘limi boshliqlari o‘z malakalarini oshirdilar.

    Malaka oshirish mashg‘ulotlari nazariy bilimlarni amaliyot bilan uzviy bog‘lash asosida tashkil etildi. Kurslar davomida tinglovchilarga zamonaviy iqtisodiy bilimlar, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, O‘zbekistondagi huquq tizimi, qonunlar va normativ-huquqiy hujjatlar iyerarxiyasi, Mehnat kodeksining asosiy qoidalari, mehnat munosabatlari ishtirokchilarining huquq va majburiyatlari hamda yangi tahrirdagi Mehnat kodeksiga kiritilgan o‘zgarishlar bo‘yicha bilimlar berildi.

    Ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlar universitetning yuqori malakali professor-o‘qituvchilari — B. Hamraqulov, S. Muratayev, S. Tojiboyev, X. Premqulov, J. T. Aripov, J. Saydaliyev va F. Toshev tomonidan olib borildi.

    Tinglovchilarning ma’naviy-ma’rifiy bilimlarini boyitish maqsadida poytaxtimizdagi Amir Temur xiyoboni, Temuriylar tarixi davlat muzeyi hamda O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga ekskursiyalar tashkil etildi.

    Malaka oshirish kurslaridagi ta’lim jarayoni tegishli ixtisosliklarning mazmun-mohiyatidan kelib chiqqan holda tasdiqlangan o‘quv rejalari va dasturlari asosida olib borildi.

    Kurslarni muvaffaqiyatli tamomlagan tinglovchilarga Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti rahbariyati tomonidan imzolangan sertifikatlar tantanali ravishda topshirildi.