Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida “Talabalar innovatsion g‘oyalari ko‘rgazmasi” tashkil etildi

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida “Talabalar innovatsion g‘oyalari ko‘rgazmasi” tashkil etildi

    Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida “Talabalar innovatsion g‘oyalari ko‘rgazmasi” tashkil etildi

    Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida “Talabalar innovatsion g‘oyalari ko‘rgazmasi” tashkil etildi

    Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida Barqaror rivojlanish maqsadlarining 9-, 11- va 17-maqsadlari doirasida “Talabalar innovatsion g‘oyalari ko‘rgazmasi” bo‘lib o‘tdi. Tadbir “Mintaqashunoslik” fani doirasida “Xalqaro munosabatlar” fakultetining 2-bosqich talabalari ishtirokida tashkil etildi.

    Ko‘rgazmada 100 ga yaqin talabalar o‘zlarining innovatsion ishlanmalari, kreativ loyihalari hamda ilmiy-amaliy g‘oyalari bilan qatnashdi. Tadbir doirasida “Eng yaxshi ishlanma” ko‘rik-tanlovi ham o‘tkazilib, talabalarning tahliliy va amaliy yondashuvlari baholandi.

    Tadbirning asosiy maqsadi barqaror rivojlanishga xizmat qiluvchi xalqaro transport koridorlarini tadqiq etish, ularning logistika yo‘nalishlari va faoliyat mexanizmlarini o‘rganish, mavjud muammolarni tahlil qilish hamda innovatsion yechimlar ishlab chiqishdan iborat bo‘ldi.

    Ko‘rgazma davomida talabalar ekologik toza va sog‘lom turmush tarziga xizmat qiluvchi mahsulotlar hamda zamonaviy innovatsion ishlanmalarni namoyish etdilar. Tanlovda taqdim etilgan loyihalarda mavjud transport koridorlari, asosiy marshrutlar, ishtirokchi davlatlar manfaatlari, ushbu loyihalarning shaharlar rivojlanishidagi o‘rni, geosiyosiy hamkorlikdagi ahamiyati hamda istiqbolda xalqaro tinchlik va barqarorlikni ta’minlashdagi roli yoritildi.

    Shuningdek, tadbir talabalarning Barqaror rivojlanish maqsadlari bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini amaliy jihatdan namoyon etishlari uchun muhim platforma vazifasini o‘tadi. Ko‘rgazmada milliy va xorijiy guruh talabalari faol ishtirok etib, bu esa tadbirning xalqaro va akademik muhitini yanada boyitdi. Mazkur tashabbus talabalarning ilmiy-innovatsion faoliyatga bo‘lgan qiziqishi va ijodiy yondashuvini oshirishga xizmat qildi.