JIDU talabalari “Adiblar xiyoboni”ga tashrif buyurdi

JIDU talabalari “Adiblar xiyoboni”ga tashrif buyurdi

    JIDU talabalari “Adiblar xiyoboni”ga tashrif buyurdi

    JIDU talabalari “Adiblar xiyoboni”ga tashrif buyurdi

    Joriy yilning 13-may kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti Xalqaro iqtisodiyot va menejment fakulteti 1-kurs talabalari hamda O‘zbek va rus tillari kafedrasi o‘qituvchilari “Adiblar xiyoboni”ga tashrif buyurishdi.

    Tashrif maqsadi adib va shoirlar xotirasini yod etish, ularning ibratli hayoti va adabiy merosini o‘rganishdan iborat edi.

    Tashrif o‘zbek adabiyotining buyuk namoyondalari - yozuvchi va shoirlar haykallari bilan tanishishga qaratilgan edi. Bu yosh avlodning o‘zligini anglashi va ma’naviyatini yuksaltirishga, ularni vatanparvarlik va Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalashga, noyob iste’dod sohiblari bo‘lgan buyuk ajdodlarni xotirlashga xizmat qildi.

    Tashrif davomida Alisher Navoiy va Boburning ayrim ruboiylari, Hamid Olimjon va Zulfiya she’rlari o‘qildi. Talabalar Cho‘lponning “Kecha va Kunduz” asarini birgalikda tahlil qilishdi, xiyobonda haykallari o‘rnatilgan adiblarning hayoti bilan tanishdilar. Sayohat ularda ijobiy taassurot qoldirdi.

    Tashrif qiziqarli va mazmunli bo‘ldi. Talabalar bunday tadbirlarda yana ishtirok etishdan mamnun ekanliklarini izhor etishdi.