
JIDU dotsenti Eco Expo Central Asia 2026 xalqaro ekologik ko‘rgazmasida ishtirok etdi
JIDU dotsenti Eco Expo Central Asia 2026 xalqaro ekologik ko‘rgazmasida ishtirok etdi

Samarqand nafaqat o‘zining boy tarixiy-madaniy merosi bilan, balki ekologik diplomatiya va barqaror rivojlanish masalalarini muhokama qilish bo‘yicha muhim xalqaro maydon sifatida ham tobora ko‘proq e’tibor qozonmoqda.
2-iyun kuni Silk Road Samarkand majmuasining Expo markazida Eco Expo Central Asia 2026 xalqaro ekologik ko‘rgazmasining rasmiy ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda dunyoning 100 dan ortiq mamlakatlaridan kelgan vakillar, xalqaro tashkilotlar rahbarlari, diplomatik korpus a’zolari, investorlar, ekologik mahsulotlar ishlab chiqaruvchilari, ekoinnovatorlar, davlat idoralari hamda ekspertlar, shuningdek, JIDU Xalqaro iqtisodiyot kafedrasi dotsenti Suriya To‘rayeva ham ishtirok etdi.
Ko‘rgazma doirasida ekologik texnologiyalar va xizmatlarni namoyish etuvchi 68 dan ortiq pavilyonlar tashkil etildi. Shuningdek, O‘zbekiston va Markaziy Osiyo mamlakatlaridan kelgan startap loyihalar uchun alohida maydon ajratildi. Dastur doirasida iqlim o‘zgarishi, biologik xilma-xillikni saqlash, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish hamda “yashil iqtisodiyot”ni rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan forumlar, taqdimotlar va muhokamalar o‘tkazilmoqda.




