
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida “SDG Brain Ring” intellektual o‘yini bo‘lib o‘tdi
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida “SDG Brain Ring” intellektual o‘yini bo‘lib o‘tdi

Joriy yilning 2-dekabr kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida “Barqaror rivojlanish maqsadlari”ga bag‘ishlangan “SDG Brain Ring” intellektual o‘yini o‘tkazildi. Tadbir Xalqaro munosabatlar fakultetining 2-bosqich talabalari tomonidan, kafedra dotsenti A. M. Radjabova va o‘qituvchi D. R. Tursunova rahbarligida tashkillashtirildi. Unda 120 nafardan ortiq talaba ishtirok etgan 20 dan ziyod jamoa o‘z bilim va salohiyatini sinovdan o‘tkazdi.
Ishtirokchilar Barqaror rivojlanish maqsadlariga oid savollar hamda “Zakovat” turkumidagi intellektual topshiriqlar orqali o‘z bilimlarini mustahkamlab, fikrlash qobiliyatlarini namoyon qildilar. Tadbir tashkilotchilari o‘yin jarayonini maxsus Nizom asosida olib bordilar. Musobaqa ko‘tarinki ruhda, qizg‘in bahs-munozaralar va faol muloqotlar asosida davom etdi. Tadbirda 4 ta oliy ta’lim muassasasidan tashrif buyurgan talabalar ham ishtirok etdilar.
Ushbu intellektual o‘yin nafaqat talabalar o‘rtasida liderlik ko‘nikmalarini rivojlantirish, balki hamjihatlik, jamoaviy ishlash madaniyati va do‘stona muhitni mustahkamlashga xizmat qildi. Dastlabki lahzalardanoq zalda asosli fikrlar, turfa yondashuvlar, o‘zaro muloqot va ijodkorlikka asoslangan yechimlar hukm surdi. Har bir ishtirokchi o‘zini nafaqat talaba, balki tanqidiy fikrlaydigan, tashabbuskor va faol yosh diplomat sifatida namoyon etdi.
Tadbir yakunida g‘olib jamoalar sertifikatlar va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.




