Stokgolm seminarida O‘zbekiston islohotlari va Markaziy Osiyoning ortib borayotgan roli muhokama qilindi

Stokgolm seminarida O‘zbekiston islohotlari va Markaziy Osiyoning ortib borayotgan roli muhokama qilindi

    Stokgolm seminarida O‘zbekiston islohotlari va Markaziy Osiyoning ortib borayotgan roli muhokama qilindi

    Stokgolm seminarida O‘zbekiston islohotlari va Markaziy Osiyoning ortib borayotgan roli muhokama qilindi

    Stokgolm shahrida “Markaziy Osiyoga yangicha nazar: O‘zbekistonning islohotlar transformatsiyasi va mintaqaning ortib borayotgan strategik roli” mavzusida yuqori darajadagi xalqaro seminar bo‘lib o‘tdi.

    Tadbirda O‘zbekiston va Shvetsiyadan siyosatchilar, diplomatlar, tadqiqotchilar hamda ekspertlar ishtirok etib, o‘zgarib borayotgan Yevroosiyo makonida Markaziy Osiyoning strategik ahamiyati, O‘zbekistondagi islohotlar jarayoni va mintaqaviy hamkorlik masalalarini muhokama qildilar.

    Seminarda asosiy ma’ruzachi sifatida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining birinchi o‘rinbosari, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti rektori Sodiq Safoyev ishtirok etdi. U o‘z nutqida O‘zbekistonning islohotlar va modernizatsiya borasidagi tajribasi, shuningdek, mamlakatning mintaqaviy hamkorlik, o‘zaro bog‘liqlik va konstruktiv xalqaro muloqotni rivojlantirishdagi roliga alohida e’tibor qaratdi. Shu bilan birga Markaziy Osiyoda kechayotgan chuqur o‘zgarishlar, mintaqaning ochiqlik, hamkorlik va sheriklik maydoni sifatidagi ahamiyati ortib borayotganini ta’kidladi. Qolaversa, u Markaziy Osiyo va Shimoliy Yevropa mamlakatlari o‘rtasida barqaror rivojlanish, transport-logistika, energetika, ta’lim, innovatsiyalar va insonlararo aloqalar yo‘nalishlarida amaliy hamkorlikni kengaytirish muhimligini qayd etdi.

    Seminar O‘zbekiston Respublikasining Shvetsiyadagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Rahmatulla Nurimbetov hamda shved siyosiy va ekspert doiralari vakillari ishtirokida ochildi. Muhokamalarni Markaziy Osiyo bo‘yicha taniqli ekspert Dr. Svante Cornell olib bordi.

    Tadbir O‘zbekiston va Shimoliy Yevropa mamlakatlari o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni kengaytirish hamda o‘zaro muloqotni mustahkamlash yo‘lidagi muhim qadam bo‘ldi.