“O‘zbekiston Respublikasida dastlabki tergov va surishtiruv bosqichida zamonaviy texnologiya va metodlarni qo‘llash masalalari” mavzusida mahorat darsi

    Joriy yilning 11-dekabr kuni kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida “Xalqaro huquq va ommaviy huquq fanlari” kafedrasi katta o‘qituvchilari A.Davronov va D.Soliyevlar tashabbusi bilan “Xalqaro huquq” fakulteti 3-bosqich talabalari uchun “O‘zbekiston Respublikasida dastlabki tergov va surishtiruv bosqichida zamonaviy texnologiya va metodlarni qo‘llash masalalari” mavzusida mahorat darsi tashkil etildi.

    Tadbirda mutaxassis sifatida O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasining “Kriminalistika va sud ekspertizalari” kafedrasi katta o‘qituvchisi, yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori Rajabov Bekzod Xalimovich ishtirok etib, dastlabki tergov va surishtiruv harakatlariga doir mavjud o‘zgarishlar yuzasidan nutq so‘zladi.

    Uchrashuv davomida mutaxassislar talabalarga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tergov faoliyatida malakali kadrlarni tayyorlash sifatini oshirish bo‘yicha belgilangan ustuvor vazifalar ijrosini ta’minlash, zamonaviy kriminalistik yondashuvlar, dalillarni to‘plash va mustahkamlashning yangi usullari, tergov jarayonida raqamli texnologiyalarni tatbiq etish hamda sud ekspertizasi amaliyotidagi yangiliklar haqida batafsil ma’lumot berib o‘tildi.

    Talabalar mutaxassis bilan bevosita muloqotda “E-tergov” dasturiy ta’minotini qo‘llab-quvvatlash va amalga oshirish, jinoyat ishlariga doir protsessual harakatlarini elektron shaklda olib borishining xavf-xatarlari, dastlabki tergov va surishtiruv jarayonida tergovning olib borilishi, so‘roq qilish jarayonidagi zamonaviy metodlar, ayblanuvchi va gumonlanuvchi so‘rog‘i natijasida Jinoyat protsessual kodeksida belgilangan haqiqatni aniqlash tamoyilini amalga oshirish va boshqa dastlabki tergov va surishtiruv jarayoniga doir harakatlar yuzasidan mavjud o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar va kasbiy ko‘nikmalarini boyitish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Mutaxassis tomonidan oliy ta’lim tashkilotlari o‘rtasida mazkur ko‘rinishdagi hamkorlik ta’lim sifatiga ijobiy ta’sir qilib, talabalarda amaliy va kasbiy ko‘nikmalarni rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi.