JIDU talabalari xalqaro yoshlar kvestida muvaffaqiyatli ishtirok etdi

JIDU talabalari xalqaro yoshlar kvestida muvaffaqiyatli ishtirok etdi

    JIDU talabalari xalqaro yoshlar kvestida muvaffaqiyatli ishtirok etdi

    JIDU talabalari xalqaro yoshlar kvestida muvaffaqiyatli ishtirok etdi

    “Rossotrudnichestvo”ning Oʻzbekiston Respublikasidagi vakolatxonasi tomonidan 2026-yil 3-may kuni Toshkent shahridagi Mirzo Ulugʻbek nomidagi Markaziy bogʻida “Дом, где живёт Россия” (“Rossiya yashaydigan uy”) nomli yoshlar kvesti tashkil etildi.

    Loyihaning asosiy maqsadi madaniyatlararo muloqotni rivojlantirish, talabalarning dunyoqarashini kengaytirish hamda faol yoshlarni birlashtirishdan iborat bo‘ldi. Tadbir zamonaviy interfaol formatda, jo‘shqin hamkorlik, jamoalar o‘rtasidagi qizg‘in bellashuv va do‘stona raqobat ruhida o‘tkazildi.

    Jami 12 ta talaba jamoasi ishtirok etgan ushbu musobaqada JIDUning ikki jamoasi universitet sharafini munosib himoya qildi. Qiziqarli va shiddatli bahslar yakuniga ko‘ra, JIDU jamoalari yuqori intellektual salohiyat, birdamlik va hamjihatlikni namoyon etib, ikkita sovrinli o‘rinni qo‘lga kiritdilar. Xususan, “Поколение чудес” (“Moʻjizalar avlodi”) jamoasi ikkinchi, “Любимчики декана” (“Dekanning erkatoylari”) jamoasi esa uchinchi oʻrinni egalladi.

    Xalqaro huquq fakultetining 1-bosqich talabalari — Salohiddin Madatov, Hulkar Abdullayeva, Shohijaxon Hamidov va Qudrat Tolipov jamoalar muvaffaqiyatiga alohida hissa qo‘shdilar. Ular yakka tartibdagi chiqishlarda rus tili, Rossiya tarixi va madaniyati bo‘yicha chuqur bilimlarini namoyish etib, alohida nominatsiyada ikkinchi oʻringa loyiq deb topildilar.