
JIDU talabalari Shon-sharaf muzeyiga tashrif buyurdilar
JIDU talabalari Shon-sharaf muzeyiga tashrif buyurdilar

2025-yil 3-may kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti talabalari “9-may – Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan G‘alaba bog‘ida joylashgan Shon-sharaf muzeyiga tashrif buyurishdi.
Mazkur tashrif yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, Vatanga muhabbat tuyg‘usini yanada kuchaytirish hamda xalqimiz tarixiga nisbatan hurmat va ehtiromni oshirish maqsadida tashkil etildi.
Ekskursiya davomida talabalar Ikkinchi jahon urushi yillarida o‘zbek xalqining ko‘rsatgan jasorati, front va front ortidagi fidokorona xizmatlari haqida batafsil ma'lumot olishdi. Ular urush davrida jonbozlik ko‘rsatgan vatandoshlarimiz xotirasiga hurmat bajo keltirib, mardligini chuqur his etdilar.
Ushbu tashrif yoshlarda tinchlik va osoyishtalik qanday bebaho ne'mat ekanligi borasida chuqur tafakkur uyg‘ondi. Tinchlikni asrash har bir insonning muqaddas burchi ekanligi yana bir bor ta’kidlandi.
Tadbir so‘nggida talabalar o‘z taassurotlari bilan o‘rtoqlashib, bunday tashriflar tarixiy xotirani saqlash va ma'naviy yetuklikni shakllantirishda muhim ahamiyatga ega ekanini qayd etdilar.