
JIDU vakillari “Maromiylik” umumilliy harakatini tuzishga bag‘ishlangan seminar-treningda ishtirok etishdi
JIDU vakillari “Maromiylik” umumilliy harakatini tuzishga bag‘ishlangan seminar-treningda ishtirok etishdi

Respublika Ma’naviyat va Ma’rifat Markazi tomonidan yoshlarni oilaga tayyorlash, oilaviy tantana va marosimlarni tartibga solish, milliy qadriyatlar, huquqiy me’yorlar hamda ma’muriy javobgarlik masalalari yuzasidan “Maromiylik” umumilliy harakatini tuzishga bag‘ishlangan seminar-trening tashkil etildi.
Unda universitet Yoshlar ishlari ofisi bosh mutaxassisi S.Tillaxodjayeva va psixolog N.Norovalar trener sifatida ishtirok etdi. Seminar-trening davomida ishtirokchilarga oila institutini mustahkamlash, yoshlarni mustaqil hayotga tayyorlash, milliy urf-odat va qadriyatlarni asrash, to‘y va marosimlarni ortiqcha dabdabasiz o‘tkazishning ahamiyati haqida atroflicha ma’lumotlar berildi.
Shuningdek, amaldagi qonunchilik hujjatlari, to‘y va marosimlarni tartibga solish bo‘yicha belgilangan me’yorlar hamda ularga rioya etilmagan hollarda yuzaga keladigan ma’muriy javobgarlik choralari yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi. Seminar-treningda yoshlarda to‘y va marosimlarda isrofgarchilik, ortiqcha xarajatlarning oldini olish, milliy qadriyatlarga hurmat ruhini mustahkamlash, shuningdek, huquqiy bilim va amaliy ko‘nikmalarni rivojlantirish masalalari ilgari surildi.



