JIDUda “Zamonaviy xalqaro munosabatlar, jahon iqtisodiyoti va O‘zbekiston manfaatlari” maxsus kursi yakunlandi

    Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida “Contemporary International Affairs, World Economy and Uzbekistan’s Affairs” nomli maxsus kurs yakunlandi. Mazkur kurs zamonaviy xalqaro munosabatlar, jahon iqtisodiyoti, diplomatiya hamda O‘zbekistonning xalqaro siyosiy va iqtisodiy jarayonlardagi o‘rnini chuqur o‘rganishga qaratildi.

    Maxsus kursning yakuniy tadbirini Oliy Majlis Senati raisining birinchi orinbosari, JIDU rektori S.Safoyev ochib berdi. Tadbirda universitet prorektorlari, fakultet dekanlari, professor-o‘qituvchilar hamda kurs ishtirokchilari qatnashdi.

    Kurs davomida talabalar xalqaro siyosiy jarayonlar, global iqtisodiy tendensiyalar, zamonaviy diplomatiya, O‘zbekistonning tashqi siyosati va milliy manfaatlarini ilgari surish masalalari bo‘yicha nazariy hamda amaliy bilimlarga ega bo‘ldilar. Mashg‘ulotlar davomida dolzarb xalqaro voqealar tahlil qilinib, talabalar tomonidan turli mavzularda taqdimotlar va tahliliy ishlar tayyorlandi.

    Yakuniy tadbirda kursni muvaffaqiyatli tamomlagan 36 nafar talabaga sertifikatlar topshirildi. Shuningdek, talabalarning ilmiy salohiyati, tahliliy fikrlashi va yetakchilik ko‘nikmalarini yanada rivojlantirish maqsadida ularga kitoblar taqdim etildi.

    Tadbir davomida talabalar kurs haqidagi taassurotlari bilan o‘rtoqlashdilar. Ular ushbu maxsus kurs zamonaviy xalqaro jarayonlarni chuqurroq anglash, tahliliy fikrlash, ochiq muloqot yuritish hamda diplomatik yondashuvni shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etganini ta’kidladilar.