
Barqaror rivojlanish maqsadlari doirasida xalqaro xususiy huquq: chet ellik ekspert ishtirokidagi mahorat darsi
Barqaror rivojlanish maqsadlari doirasida xalqaro xususiy huquq: chet ellik ekspert ishtirokidagi mahorat darsi

Barqaror rivojlanish maqsadlarini amalga oshirish doirasida va talabalarning xalqaro xususiy huquq bo‘yicha bilimlarini oshirish maqsadida joriy yil 10-fevral kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida mahorat darsi o‘tkazildi.
Darsda Belgiya Qirolligidan bo`lmish huquqshunos-advokat, Necip Duran, shuningdek, “Fuqarolik huquqi va xalqaro xususiy huquq fanlari” kafedrasi o‘qituvchisi Shohrux Umirzoqov hamda “Xalqaro huquq” fakultetining 3-bosqich talabalari ishtirok etdi.
Advokat Necip Duran hozirgi paytda xalqaro xususiy huquqda yuzaga kelayotgan nizolarni yechishning huquqiy asoslari va uning amaldagi natijasi bilan tanishtirib, ushbu doiradagi huquqning rivojlanish istiqbollari haqida o‘z fikrlarini bildirdi.
Talabalar muhokama qilingan mavzularga katta qiziqish bildirib, chet el elementi bilan murakkablashgan keyslar - oila, meros, mehnat, bankrotlik ishlari bo‘yicha turli savollar berib, mutaxassisdan batafsil javoblar oldilar.
Ushbu mahorat darsi Barqaror rivojlanishning 16-maqsadi – “Barqaror rivojlanish maqsadlari yo‘lida tinchliksevar va ochiq jamiyatlar barpo etilishiga ko‘maklashish, barcha uchun odil sudlov imkoniyatidan foydalanishni ta’minlash va barcha darajalarda samarali, hisobdor va keng ishtirokka asoslangan muassasalarni tashkil etish”, xususan, 16.3 band – “Qonun ustuvorligiga koʻmaklashish hamda barcha uchun odil sudlovdan foydalanish boʻyicha teng imkoniyatlarni taʼminlash” va 16.7 band – “Boshqaruvning barcha bosqichlarida qarorlarni tayyorlash va qabul qilish jarayonida fuqarolar, tadbirkorlik subyektlari hamda fuqarolik jamiyati tashkilotlarining ishtirokini kengaytirish” tamoyillariga mosdir.
Shu bilan birga Belgiya Qirolligidan kelib ushbu mahorat darsini amalga oshirilganligi, o’z o’rnida BRMning 17-maqasadi - Barqaror rivojlanish yolida xalqaro hamkorlik tamoyiliga mos keladi.
Mazkur mahorat darsi xalqaro xususiy huquqni tartibga solish bo‘yicha chuqur bilimlarni shakllantirishga, talabalarning zamonaviy huquqiy amaliyotlarga tayyorlashga va ularni barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishda muhim rol o‘ynashga yordam beradi.



