JIDU o‘qituvchilari 275-maktab o‘quvchilari uchun “Mustaqillik darslari”ni o‘tkazdilar

JIDU o‘qituvchilari 275-maktab o‘quvchilari uchun “Mustaqillik darslari”ni o‘tkazdilar

    JIDU o‘qituvchilari 275-maktab o‘quvchilari uchun “Mustaqillik darslari”ni o‘tkazdilar

    JIDU o‘qituvchilari 275-maktab o‘quvchilari uchun “Mustaqillik darslari”ni o‘tkazdilar

    Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti “Siyosatshunoslik” kafedrasi o‘qituvchilari N. Aminova hamda M. Abduraxmanova Toshkent shahar Mirzo Ulug'bek tumanidagi 275-umumta'lim maktabida o‘quvchilar ishtirokida “Yagona vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yarataylik!” shiori ostida “Mustaqillik darslari” mavzusida ma'naviy-ma‘rifiy tadbir o‘tkazdilar.

    Tadbir O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlanayotgan bir paytda, yosh avlod qalbida vatanparvarlik, milliy o‘zlikni anglash, yurt taqdiriga daxldorlik va fuqarolik mas'uliyati tuyg'ularini yuksaltirish, shuningdek, ta‘lim muassasalarida olib borilayotgan ma'naviy-ma'rifiy ishlar samaradorligini oshirish maqsadida tashkil etildi.

    Ochiq dars davomida o‘qituvchilar o‘quvchilarga milliy davlatchiligimiz tarixi, mustaqillikka erishish yo‘lidagi tarixiy jarayonlar hamda istiqlolning xalqimiz hayotidagi bebaho ahamiyati haqida atroflicha ma'lumot berdilar. Mustaqillik yillarida mamlakatimizda amalga oshirilgan keng ko‘lamli islohotlar, iqtisodiyot, ta'lim, fan va ijtimoiy sohalardagi salmoqli yutuqlar aniq misollar asosida yoritildi.

    Tadbirning interaktiv qismida o‘quvchilar bilan savol-javob va erkin fikr almashish tashkil etilib, yoshlar davlat boshqaruvi, xalqaro munosabatlar va yurtimizning kelajagi bilan bog'liq savollariga asosli javoblar oldilar. O‘quvchilarning faolligi va mavzuga bo‘lgan qiziqishi tadbirning samarali o‘tishini ta'minladi.