JIDU talabalari “Universiadi della Lingua Italiana – 2026” xalqaro italyan tili olimpiadasida muvaffaqiyatli ishtirok etdilar

    Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida talabalar o‘rtasida “Universiadi della Lingua Italiana – 2026” xalqaro italyan tili olimpiadasi yuqori saviyada tashkil etildi. Mazkur xalqaro tadbir universitetning Yevropa va turkiy tillar kafedrasi tashabbusi hamda Italiyaning xorijiy tillar o‘qituvchilari milliy assotsiatsiyasi — ANILS hamkorligida amalga oshirildi.

    ANILS (Associazione Nazionale Insegnanti Lingue Straniere) Italiyadagi eng qadimiy va nufuzli nodavlat professional tashkilotlardan biri bo‘lib, xorijiy tillarni, xususan italyan tilini ikkinchi til sifatida o‘qitish metodikasini rivojlantirish, pedagogik tajriba almashish hamda xalqaro ta’lim loyihalarini qo‘llab-quvvatlash yo‘nalishida faoliyat yuritadi. Olimpiadaning mazkur tashkilot bilan hamkorlikda o‘tkazilishi JIDUda xorijiy tillarni o‘qitish sifati va xalqaro akademik hamkorlikni yanada rivojlantirishga xizmat qilmoqda.

    Olimpiada davomida talabalar italyan tilini egallash darajasi, nazariy bilimlari hamda amaliy kommunikativ ko‘nikmalarini namoyish etdilar. Ishtirokchilar til kompetensiyalarini baholashning xalqaro standartlariga mos ravishda tashkil etilgan bir necha bosqichli sinov jarayonlarida qatnashdilar.

    Sinovlar ishtirokchilarning nafaqat nazariy tayyorgarligi, balki amaliy til kompetensiyasi, muloqot madaniyati hamda zamonaviy kommunikativ yondashuvlardan foydalanish qobiliyatini baholashga qaratildi. Olimpiada jarayonida talabalar italyan tilida erkin fikr yuritish, mavzular yuzasidan mulohaza bildirish va xalqaro til standartlariga mos ravishda muloqot olib borish bo‘yicha o‘z salohiyatlarini namoyon etdilar.

    Mazkur olimpiada talabalarning xorijiy tillarni chuqur o‘rganishga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ularning xalqaro akademik muhitdagi raqobatbardoshligini mustahkamlash hamda JIDUning xalqaro ta’lim maydonidagi nufuzini yanada yuksaltirishga xizmat qiluvchi muhim ilmiy-ma’rifiy tadbirlardan biri bo‘ldi.